Bioorganik kimyo
Bioorganik kimyo — organik kimyo bilan biol.ning bir qancha sohalaridan tarkib topgan fan. 20-asrning 2-yarmida vujudga kelib, molekulyar biologiya, biokimyo va biol.ning boshqa tarmoqlari bilan chambarchas bogʻlangan holda rivojlanmoqsa. Asosan, biopolimerlar (oqsillar va peptidlar, nuklein kislotalar va nukletoidlar, lipidlar, polisaharidlar va boshqalar) hamda bioregulyatorlar (fermentlar, vitaminlar, gormonlar, jumladan fitogormonlar, shuningdek sintez yoʻli bilan tayyorlangan biologik faol birikmalar, mas, dori preparatlar, oʻstiruvchi moddalar, insektofungitsidlar, gerbitsidlar va hokazoni tadqiq qiladi, ularni kimyoviy jihatdan toza holda sintez qiladi, tuzilishini aniqlaydi, bu moddalarning tuzilishi bilan biologik xossalari oʻrtasidagi bogʻlanishni ochib beradi, biopolimerlar, shuningdek tabiiy va sintetik bioregulyatorlar biologik taʼsirining kimyoviy tomonlarini oʻrganadi.
Bioorganik kimyo da asosiy muammolarning hal qilinishi biol.ning yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Eng muhim biopolimerlar bilan bioregulyatorlarning tuzilishini va xossalarini aniqlamasdan hayotjarayonlarining mohiyatini bilish, ayniqsa, koʻpayish (urchish) va irsiy belgilarning nayelga oʻtishi, hujayralarning oʻsishi, immunitet, xotira, nerv impulsi va boshqa murakkab hodisalarni boshqarish yoʻllarini topish mumkin emas. Fermentlarning tuzilishini va taʼsir mexanizmini oʻrganish asosida yuksak darajada faol katalizatorlar vujudga keltirish, muskul qisqarishini oʻrganish asosida kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga aylantirish, biologik sistemalarda axborot (informatsiya) saqlanishi va naslga utishi prinsiplari, hujayralardagi koʻp komponentoy sistemalarning oʻz-oʻzini boshqarish prinsiplaridan texnikada foydalanish muammolarini hal etish Bioorganik kimyo sohasida oʻtkaziladigan tadqiqotlarga bogʻliq.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |