Bingʻozi
BINGʻOZI — Liviyadagi shahar va port, Oʻrta dengizning Sidra qoʻltigʻidagi qoyali burunning jan. chekkasida joylashgan. Aholisi 446 ming kishi (1988). Xalqaro aeroport bor. B.ni miloddan avvalgi 446 yilda yunonlar Yevxosperdes, rimliklar Berenike, oʻrta asrlarda Bernik deb atagan. 1450-yilda arablar egallab, uni avliyo Sidi bin Gʻoziy nomi bilan B. deb atay boshladi. 1517 — 1911-yillarda B. Usmonli turklar saltanati tarkibida boʻldi. 1911-yil oktabrda Italiya qoʻshinlari egalladi va 1942-yilgacha Italiyaning Shim. Afrikadagi harbiydengiz bazasi boʻlib turdi. Ikkinchi jahon urushi davrida shahar qattiq shikastlandi. 1942-yildan Britaniyaning harbiy maʼmuriyati markazi boʻlgan. 1949-yilda Liviyaning Kirenaika viloyatining markaziga aylantirildi. 1951-yildek.da Liviya podsholigining ikkinchi poytaxti deb eʼlon qilindi. Shundan buyen B. Tripoli shahri bilan navbatmanavbat ikki yildan teng huquqli poytaxt boʻlib turdi. B.da 1969-yil 1-sentabrgacha podsho qarorgohi boʻlgan.
B.da Tripolidagi chet el vakolatdenalari va missiyalarining filiallari bor. B. kattaligi va eksport va import hajmi jihatidan mamlakatda Tripoli shahridan keyin turadi (chetga teri xom ashyosi, jun chikariladi). Liviyaning Tripoli — Tobruk avtomobil yoʻlidagi muhim savdo va sanoat markazlaridan. B. dengiz, havo, avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning ichki rayonlari va xorijiy mamlakatlar bilan bogʻlangan. Metallurgiya, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Sement va asfalt zavodlari bor. Zaytun moyi, meva suvlari, konserva va boshqa mahsu/yutlar ishlab chiqariladi. Dengizdan budut (dengiz hayvoni) va baliq ovlanadi. B. yaqinidan tuz qazib olinadi. B.da Liviya universiteti, kollejlar, ilmiy, madaniy markazlar, dam olish va turistik majmualar, muzey, kinoteatr, mehmonxona, kutubxonalar bor. Kurort shahar. B.ning koʻhna qismida meʼmoriy yodgorliklardan Jome ulKabir masjidi (16-asr) va boshqa saqlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |