Kontent qismiga oʻtish

Billur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Billur, xrustal — shishaning alohida turi. Tarkibida bariy oksidi va qoʻrgʻoshin oksidi (27%) koʻproq boʻladi. Shishaga qaraganda pishiqrokligi, qalinroqligi, yorugʻlik nurini yaxshi sindirishi bilan ajralib turadi. B. turlituman tuslarda jilvalanadi, chertganda jarangdor tovush chiqaradi. Undan qandillar, likopchalar, guldonlar, kanddonlar, turli bezak buyumlari yasaladi, binolarni bezashda ham foydalaniladi. Olmos bilan ishlov berib, B. buyumlarda nafis naqshlar hosil qilish, qirralar chiqarish mumkin. B. buyumlar qirralariga yorugʻlik tushganda rangbarang tusda tovlanib turadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil