Bilal Bilalov
Bilal Bilalov | |
---|---|
Tavalludi |
30-dekabr 1962-yil |
Fuqaroligi | SSSR Ukraina |
Kasbi | aktyor, rejissyor, ssenariynavis |
Faoliyat yillari | 1982– |
Bilal Shevket oʻgʻli Bilalov (krimskotat. Bilâl Şevket oğlu Bilâlov, Bilyal Shevket ogʻlu Bilyalov, ukr. Bіlyal Shevketovich Bіlyalov, 1962-yil 30-dekabr, Toshkent) – sovet va ukrainalik aktyor, rejissyor va ssenariynavis. Qrim-tatar akademik musiqa va drama teatri direktori (1998–2018). Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2006).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilal Sheveket oʻgʻli 1962-yil 30-dekabrda Toshken shahrida qrim-tatarlar oilasida tavallud topgan. 1984-yil Toshkent sanʼat institutini va 1992-yil Moskvadagi Rossiya sanʼat tarixi institutini tugatgan[1].
1982–1984-yillarda drama toʻgaragi rahbari boʻlib ishlagan. 1986–1987-yillarda Maksim Gorkiy nomidagi Fargʻona drama teatri hamda 1987–1989-yillarda "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi qoshidagi kinostudiya teatri aktyori boʻlgan[2].
Bilalov 1989-yildan Qrim-tatar musiqali drama teatrida ishlay boshlagan. Dastlab aktyor va rejissyor boʻlgan. 1991-yildan bosh rejissyor, 1994-yildan badiiy rahbar, 1998-yildan rejissyor boʻlib faoliyat olib borgan. Bilalov ishtirokida Nikolay Gogol, Lesya Ukrainka, Anton Chexov, Aleksandr Pushkinning pyesalari birinchi marta qrim-tatar tilida sahnalashtirilgan. „Zamonaviy Ukraina ensiklopediyasi“da Bilalovning quyidagi tavsifi berilgan: „Bilalovning rejissyorlik ishlari keskin ijtimoiy mavqe, siyosiy intilish, joʻshqin badiiy shakl, ichki dinamizm, yuksak, romantik uslubga intilish bilan ajralib turadi. Aktyor Bilalov oʻtkir dinamizmni portlovchi temperament bilan uygʻunlashtiradi“.
Bilal 2018-yilning yozida Qrim-tatar akademik musiqa va drama teatri direktori lavozimidan ozod etilgan[3]. Bilalovning soʻzlariga koʻra, uning isteʼfosi noqonuniy boʻlgan, uzoq oʻylangan sabablarga koʻra amalga oshirilgan va buning ortida Rossiya Davlat Dumasi deputati Ruslan Balbek turgan[4]. Bilal isteʼfoga chiqqanidan soʻng teatr aktyorlarining bir qismi norozi boʻlib KAMDTni tark etishgan va „Oltin beshik“ teatriga asos solishgan[5][6].
Aktyor bir qator konsert dasturlarini, jumladan, 1995-yilda Qrim-tatar xalqi deportatsiyasining 50 yilligiga bagʻishlangan „Qrim tatarlarining Yaltadagi madaniyat kunlari“ rekviyem kechasini tashkil etishda ishtirok etgan. „Qrimskiy kovcheg“[7] festivali tashkilotchilaridan biri. „Guzel Qrim“ spektakli muallifidir (2001-yil).
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilalov 2001-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[8], 2006-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist, 2001 va 2005-yillarda Ukraina Prezidentining minnatdorchiligi[9] va 2014-yilda Panas Saksaganskiy mukofoti sohibi boʻlgan[10].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilalning oʻgʻli Shevket Bilalov bastakor va I. P. Kotlyarevskiy mukofoti laureati boʻlgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Алиев Алим. „Билял Билялов будет работать и на пенсии“ (ru) (deadlink). Авдет (2008). 2022-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ Кандимов Ю. У. „Білялов Білял Шевкович“ (uk). Енциклопедія Сучасної України (2003). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Главу Крымскотатарского театра снимают с должности“ (ru). avdet.org (2018-yil 7-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ Никифоров Вадим. „Конфликт в Крымскотатарском театре дошел до суда“ (ru). kommersant.ru (2018-yil 13-avgust). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Независимый крымскотатарский театр "Алтын бешик" работает без бюджетного финансирования“ (ru) (deadlink). ctrcenter.org (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „После срыва спектакля крымскотатарские актеры спели под открытым небом“ (ru). avdet.org (2019-yil 28-yanvar). 2022-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ Макаров Артур. „Билял Билялов отмечает полвека. Да здравствуют 50!“ (ru) (deadlink). 1k.com.ua (2012). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Про нагородження працівників культури і мистецтва“ (uk). Верховна Рада України. Законодавство України. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Билял Билялов“ (ru) (deadlink). kirimtatar-teatri.org. 2018-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Премія імені Панаса Саксаганського“ (uk). nstdu.com.ua. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ Стенько Ольга. „Наймолодшому лауреату премії Котляревського-2017 лише вісімнадцять років“ (uk). poltava365.com. 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.