Kontent qismiga oʻtish

Bifidobakteriyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bifidobakteriyalar (lotincha Bifidus – ikkiga boʻlingan, ayri va bakteriyalar) – sut achituvchi bakteriyalar turi, foydali mikroblar; Bifidobakteriyalar spora hosil qilmaydigan gram musbat ayri uchli tayoqchalar shaklida boʻlib, chirituvchi va kasallik tugʻdiruvchi mikroblarning rivojlanishini toʻxtatadi, uglevodlarning hazm boʻlishini taʼminlaydi, shuningdek V, K, qisman S vitaminlar hosil qiladi. Bola koʻkrakdan ajratilgach, Bifidobakteriyalar oʻrniga ichakning odatdagi mikroflorasi paydo boʻladi. Uning tarkibida ham Bifidobakteriyalar boʻladi. Ichak disbakteriozini davolashda Bifidobakteriyalar dori sifatida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil