Bidiyorshum
Bidiyorshum (taxallusi; asl ismi Muhammad Solih) (?, Qoʻqon — 1842, Urumchi, Sharqiy Turkiston) — oʻzbek xalq anʼanaviy teatrining aktyori va ogʻzaki pyesalar ijodkori. 18-asr oxiridan 19-asrning birinchi yarmigacha Qoʻqon professional aktyorlar uyushmasi ("Kasabai sozanda")ning korfarmoni. Qad. oʻzbek xalq teatri va aktyorlik sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Ogʻzaki pyesalari va tomoshalarida kuchli ijtimoiy mavzuni koʻtarib jamiyatning ayrim illatlarini tanqid qilgan. "Mudarris", "Yer taqsimlash", "Choʻpon bola" pyesalarida oʻtkir hajv vosita si bilan mehnatkash xalq manfaatini himoya qilgan. Bidiyorshum hajviy sheʼrlar ham yozgan. Qoʻshiqlarga musiqa bastalash, raqslarni sahnalashtirish bilan ham shugʻullangan. Yana q. Bidiyorshum toʻdasi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |