Kontent qismiga oʻtish

Beshqarsak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beshqarsak, qarsak—erkaklar davra oʻyinqoʻshigʻi. Oʻzbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ayniqsa mashhur. B.da qarsak hamda qiyqiriq ovozlar yordamida oʻyin usuli hosil qilinadi. Baʼzi taxminlarga koʻra, kelib chiqishi zardushtiylik marosimlariga borib taqaladi. Navbat bilan turkum tarzida ijro etiladigan oʻyin va terma ("yak qars", "qoʻsh qars", "besh qars" va hokazo)lardan iborat. B. oʻyini yaqin oʻtmishda qishloq joylardagi toʻy va sayillarda 2— 3 soat davom etardi. Hozir asosan folkloretnografik va havaskor ansambllar (mas, Urgutdagi "Beshqarsak" ansambli) repertuaridan oʻrin olgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Karomatov F, Oʻzbek xalq musiqa merosi, 2kitob, T., 1983.