Kontent qismiga oʻtish

Beshnov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beshnov — Hisor togʻ tizmasining tarmoqdaridan biri. Jan.da va gʻarbda Qizildaryo, sharkda Tanxozdaryo oraligʻida joylashgan. Uzunligi qariyb 28– 30 km. Eng baland joyi 3446 m (Churchiq togʻi). Suvayirgʻich qismining balandligi 2600–3000 m. Shim. yon bagʻri ancha tik va soylar bilan oʻyilgan, jan. esa Qizildaryo vodiysiga astasekin pasayib boradi va nisbatan kamroq oʻyilgan.

B. tokembriy va quyi paleozoyning metamorfik slanes hamda giltosh katlamlaridan tuzilgan. Suvayirgʻich qismida oʻtkir qirrali, qoyali choʻqqilar (Arratosh, Maskara, Chakmonkuydi) bor. Soylarning aksariyati buloqlardan boshlanadi. Bahor va yozning birinchi yarmida toʻlib oqadi.

Quyi yon bagʻirlarining tuprogʻi jigarrang. Yongʻoq, doʻlana, naʼmatak, zirk, uchqat oʻsadi. 2200 m dan yuqorida archazorlar bor. Yaylov mintaqasi (subalp va alp zonalari)da yovvoyi suli, mushukquyruq, betaga, qoqioʻt, binafsha, yostiqsimon oʻsimliklar tarqalgan. Toshqoʻrgʻon qishlogʻidan sharqdagi qismi Hisor qoʻriqxonasi xududiga qarashli. Qolgan qismi yaylov sifatida foydalaniladi. B. yon bagʻridan Oqquodinsoy, Qoronkoʻlsoy, Suluvsoy, Mirquruq, Novterax va boshqa soylar boshlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil