Kontent qismiga oʻtish

Berdo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berdo — toʻquv stanogi (dastgohi)ning asosiy ish organlaridan biri. Qadimdan gazmollar toʻqishda qoʻllangan. Berdo bir-biriga parallel joylashgan bir necha temir plastinkalardan taroq shaklida yasaladi. Berdo toʻquv stanogida tanda iplarini toʻqima eniga bir tekis taqsimlaydi, zichlashtiradi, arqoq ipini toʻqima chetiga uradi, mokini yoʻnaltirib turadi. Plastinkalar orasidan tanda iplari oʻtkaziladi. Berdo toʻquv stanogi bataniga tiqib qoʻyiladi. Berdo tishlari (plastinkalari) zichligiga (har 1 sm ga 2,5 dan 40 tagacha tish) qarab toʻqilgan gazlama zichligi ham har xil chiqadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil