Berdiyor Ahmedov
Qiyofa
Ahmedov Berdiyor Ahmedovich (19P.8.3, Sirdaryo viloyati) — huquqshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist (1971), 3-toifa davlat adliya maslahatchisi (general). Toshkent yuridik institutini bitirgan (1939), Samarqand viloyati prokurorining 1-oʻrinbosari (1939), Namangan viloyati prokurori (1941-43). Respublika prokurorining oʻrinbosari (1943-51). Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetida oʻqituvchi, dekan, jinoyat huquqi va kriminalistika ka-fedralari mudiri (1953-87). Respu-blika Oliy sudi ilmiymaslahat kenga-shi aʼzosi (1960-yildan). Ilmiy ishlari jinoyatchilik va axloq tuzatish-mehnat qonunlariga bagʻishlangan. As: Jinoyat huquqi, T., 1984.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |