Benzoy aldegid
Benzoy aldegid (benzaldegid), S6N5SNO — organik birikma, aromatik aldegidlarning dastlabki vakili. achchiq bolom gʻidi keladigan rangsiz moysimon suyuqlik; tabiatda achchiq bodom va shaftoli magʻzida amigdalin dsb ataluvchi glikozid holida uchraydi. Mol.m. 106,12; zichligi 1048 kg/m3. Qaynash temperaturasi 179°; suvda oz (0,3%) eriydi, spirt, benzol va dietilefirda yaxshi eriydi. Benzil xlorid, fenol va boshqa bilan azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Uzoq saqlansa sargʻayadi. Havoda juda tez oksidlanib, benzoy kislota hosil qiladi. Aldegidlarga xoye hamma reaksiyalarga kirishadi. Fenol yoki aromatik aminlar bilan kondensatlanib, trifenilmetan hosilalarini beradi. Ishqor qoʻshib qizdirilsa, benzil spirt va benzoy kislota aralashmasi, KCN ishtirokida kondensatsiyalansa, benzoin hosil boʻladi. Benzoy aldegid nitrolanish, xlorlanish, sulfatlanish reaksiyalariga kirishib, asosan, lizomer birikmalar hosil qiladi. Toluolni katalizatorlar taʼsirida oksidlash yoʻli bilan olinadi Atirupa ishlab chiqarishda xushboʻy modda, oziq-ovqat essensiyalarining komponenti sifatida hamda turli organik moddalar (xushboʻy birikmalar, benzoin, boʻyoqlar)ni sintez qilishda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |