Kontent qismiga oʻtish

Benjamin Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Benjamin Yusupov
Tavalludi 1962-yil
Tojikistonning Dushanbe shahri
Janrlar Rok, vokal
Kasbi Klassik bastakor, dirijyor va pianinochi
Fuqaroligi Tojik
Taʼlimi Moskva Chaykovsiy nomidagi davlat konservatoriyasi, Bar-Ilan universiteti
Hamkorligi Maksim Vengerov, Misha Mayskiy, Vadim Repin, Aleksandr Kniazev, Maksim Risanov, Sergey Nakaryakov, Konstantin Lifshits, Reyngold Fridrix
Veb-sayt http://www.byusupov.com/

Benjamin Yusupov (ivritcha: בנימין יוסופוב;) – klassik bastakor, dirijyor va pianinochi[1].

Benjamin 1962-yili 22-noyabrda Tojikistonning Dushanbe shahrida tavallud topgan. U Moskvadagi Chaykovskiy nomidagi davlat konservatoriyasida oʻqib, u yerda Roman Ledeniov, Yuri Fortunatov va Dmitri Kitajenkolardan fortepiano, kompozitsiya va dirijyorlikdan tahsil oladi. Keyin Bar-Ilan universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, doktorlik darajasini olgan.

Yusupov Maxim Vengerov, Mischa Maisky, Vadim Repin, Alexander Kniazev, Maxim Rysanov, Sergei Nakariakov, Konstantin Lifschitz, Reinhold Friedrich kabi mashhur rassomlar bilan birgalikda hamkorlik qiladi.

Uning keng qamrovli katalogi Sikorski Musikverlag (Gamburg) tomonidan butun dunyo boʻylab nashr etiladi. Shuningdek, London filarmoniyasi, Myunxen filarmoniyasi, Isroil filarmoniyasi, Lucerne simfonik orkestri, Kopenhadagi filarmoniya, Orchester Filarmonique de Radio France, Bogota Filarmoniyasi, New World Symphony, NDR Radio-Filarmonie Gannover, Islandiya simfonik orkestri, Belgrad filarmoniyasi kabi taniqli sanʼatkorlar va orkestrlari tomonidan keng turda ijro etiladi.

Yusupovning 2005-yili „Viola tango“ rok konserti Gannoverdagi NDR radio-filarmoniyasi boshchiligida jahon premyerasi boʻlib oʻtgan. Bu premyera xalqaro miqyosida taniqli boʻlgan skripkachi Maxim Vengerov uchun yozilib, butun dunyoda tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Musiqiy asar Maxim Vengerovning hayoti haqida soʻz etilgan boʻlib, „Orzu bilan yashash“ hujjatli filmida namoyish etilgan. Bu film EMI Classics tomonidan ishlab chiqarilib, butun dunyo boʻylab ommalashadi.

Shuningdek, Benjamin Yusupov violonchelchining 60 yilligiga bagʻishlangan violonchel konsertini yozadi. Uning premyerasi Mischa Maisky boshchiligida Lucerne simfonik orkestri bilan birgalikda muallif dirijyorligida oʻtkazilgan. Asar Lucerne simfonik orkestri, London filarmoniyasi va Isroil filarmoniyasi kabi uchta taniqli orkestr tomonidan tayyorlangan.

„Skripka ovozlari“ № 2 konserti skripka va orkestr uchun gʻayrioddiy gʻoyani bildiradi. Bu yakkaxonga turli tarixiy davrlarga oid boʻlgan turli geografik hududlardan ijro uslublarining oltita qismini ijro etishni taklif etadi. Musiqiy asar 2014-yili Trans-Sibir Art Festivalida Filarmonique de Radio France va Berliner Symphonicer orkestri tomonidan buyurtma qilinib, uni Vadim Repin ijro etadi.

Yusupov dirijyor sifatida KKL Lucerne, Berlin Filarmoniya zali, Amsterdam Concertgebouw, Prinzregententheatre Munich, Cologne filarmoniyasida ish olib borgan. Shuningdek, u Lucerne simfoniyasi, Sloveniya filarmoniyasi, Sinfonietta Amsterdam, Bogota filarmoniyasi, Islandiya simfoniyasi, Novosibirsk filarmoniyasi, Quddus simfoniyasi, Bolgariya milliy radio orkestriga dirijyorlik qiladi.

Benjamin Yusupov quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan:

  • Klon mukofoti (1992)
  • Sherover mukofoti (1993)
  • Isroil Bosh vaziri mukofotlari (1999, 2008)
  • ACUM mukofoti (2002, 2004)
  • sahna sanʼati uchun Landau mukofoti (2007)
  • Engel mukofoti (2009)

Tanlangan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Falak (1988)
  • Gabriel (1991)
  • Symphony No. 1 (qayta koʻrib chiqilgan versiya) (1992)
  • Nostalgia for string orchestra (1992)
  • Aleph (1995)
  • Inquities (1998)
  • Go Tango (2003)
  • Postludium (2003)
  • Fleyta va kamera orkestri uchun Tanovor (1994)
  • Nola, turli nay va torli orkestr uchun konsert (1994)
  • Maksim Vengerovga bagʻishlangan Concerto For Violin And Orchestra(1998)
  • Dasht, trombon, etnik asboblari va orkestr uchun konsert (1999)
  • Fleyta, arfa, skripka, viola va orkestr uchun maximum (2003)
  • Viola va orkestr uchun konsert (2003)
  • Fortepiano va orkestr uchun Concerto Intimo (2005)
  • Violonchel va orkestr uchun konsert (2007)
  • Marimba (yoki pianino) va torli orkestr uchun Con Moto (2007)
  • Concerto For Two Clarinets And Orchestra (2010)
  • Voices Of Violin, skripka va orkestr uchun 2-sonli konsert (2013)
  • Listen to our cry, Concerto, truba, pianino va torli orkestr uchun konsert (2015)


Instrumental kamera musiqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Guruch kvinteti uchun Sadoi Kuchsor (Mountain Sounds) (1985)
  • String Quartet (1986)
  • Sonata For Violoncello And Piano" (1988)
  • Pianino uchun Melancholy (1984, 1995)
  • Quintet for marimba (or piano) and string quartet (1996)
  • Arfa (yoki pianino) uchun Metaphor (1996)
  • Fleyta, ud, kontrabas va perkussiya uchun Jonona (1996)
  • Fleyta, viola va arfa uchun But in Vain (1997)
  • Torli kvartet uchun What I Wished For (1997)
  • Fleyta, ud va perkussiya uchun Segoh (1997)
  • Sonata for two pianos (1983, 1998)
  • Trio for violin, cello and piano (2000)
  • Fleyta, ud, kontrabas va perkussiya uchun Dirlo Bubin (2000)
  • Alto fleyta, skripka va krotallar uchun Crossroads No. 1 (2003)
  • Pianino uchun Crossroads No. 2 (2004)
  • Gitara uchun Crossroads No. 3 (2006)
  • klarnet, skripka, violoncello, pianino va lenta uchun Haqqoni – Crossroads No. 4 (2007)
  • Torli kvartet uchun Musica Mundi (2008)
  • Torli sekstet uchun Crossroads No. 5 (2008)
    • Ovoz, viola va pianino uchun Vocal Cycle by Japanese Poets (1985)
    • Hikoyachi, aralash xor, zarbli cholgʻu, alt va pianino uchun Feelings of Creation, Cantata (1995)
    • Mezzo-soprano, skripka (yoki viola) va pianino uchun Six Tanka (1998)
  1. „Yusupov, Benjamin“. sikorski.de. SMP media GmbH. Qaraldi: 2013-yil 12-dekabr.