Benin-siti
Qiyofa
Benin-siti — Nigeriya janubidagi shahar. Bendel shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 203 mingkishi (1991). Avtomobil yoʻllari tuguni. Tabiiy kauchukni qayta ishlash, shina ishlab chiqarish korxonalari, yogʻmoy, taxta tilish zavodlari, yogʻochsozlik, mebel fabrikalari bor. Sintetik gilamlar tayyorlanadi. Savdo markazi (palma magʻzi va moyi, kola yongʻogʻi, kakao, kauchuk, qimmatbaho yogʻoch). Hunarmandchilikda yogʻoch va fil suyagini oʻyib ishlash va boshqa rivojlangan. Unt bor. Shahar yaqinidan neft qazib oliiadi. Oʻrta asrlarda (Buyuk Benin) va 19-asr oxirigacha Benin davlati poytaxti bulgan. 15—17-asrlarda badiiy hunarmandchiligi, ayniqsa quyma bronza haykallari bilan mashhur boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |