Belo Anders
Qiyofa
BELO (Bello) Anders (1781.29.11, Karakas — 1865.15.10, Chili) — Venesuela shoiri, filolog. 1829-yildan Chilida yashagan. Lotin Amerikasi filol.sining asoschisi. Epik dostonlari — "Nazmga murojaat" (1823), "Tropiklardagi dehqonchilik qasidasi" (1826) bor. Falsafiy qarashlari bilan maʼrifatparvar, ijodiy uslubi klassitsizmga moyil. Milliy ruhiyat va folklorga boʻlgan qiziqishi tufayli Lotin Amerikasi adabiyotida romantizmni boshqa ijodkorlarga nisbatan oldiproq payqagan. Ispan grammatikasi, fonetikasi va boshqa haqida asarlar yozgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |