Bella Vaynberg
Qiyofa
Bella Ilyinichna Vaynberg (1932-yil 12-dekabr, Moskva — 2010-yil 8-fevral, Moskva) — sovet va rus tarixchisi, arxeolog. Tarix fanlari doktori, qadimgi Xorazm tarixi boʻyicha mutaxassis.
Vaynberg 1954-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. U arxeolog Sergey Tolstovning shogirdi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasida qatnashgan. Bir qator arxeologik jamoalar rahbari. Koʻp sonli nashrlarning muallifi. Vaynberg qadimgi Xorazmning tangashunosligi boʻyicha taniqli mutaxassis edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- B. I. Vaynberg. Monety drevnego Khorezma, M.: Nauka, 1977
- Istoriya i kul’tura Sredney Azii v drevnosti (VII v. do n. e. — VIII v. n. e.): Ucheb. posobiye. / B. I. Vaynberg, B. YA. Staviskiy. M.: Nauka, 1994
- B. I. Vaynberg. Etnogeografiya Turana v drevnosti: VII v. do n. e.- VIII v.n.e. Moskva: Izdatel’skaya firma „Vostochnaya lit-ra“ RAN, 1999
- Kalaly-gyr 2: Kul’tovyy tsentr v Drevnem Khorezme IV—II vv. do n. e. / Otv. red. B. I. Vaynberg ; In-t etnologii i antropologii im. N. N. Miklukho-Maklaya; Gos. muzey Vostoka. M.: Vost. lit., 2004