Belglar
Belglar — 1) Sena va Reyn daryolari oraligʻida yashagan shimoli sharqiy gall qabilalari. Rimliklarga dastlab Yuliy Sezar yurishlari munosabati bilan maʼlum boʻlgan. Qadimda jasur xalq sanalgan (Strabonning xabar berishicha, 300000 kishilik qoʻshin tuza olganlar); rimliklarga qattiq qarshilik koʻrsatganlar; miloddan avvalgi 57 — 46-yillarda Sezar legionlari tomonidan boʻysundirilgan. Belglarning mashhur qabilalari: remlar, nervilar, bellovaklar, svessonlar, ambianlar, morinlar, menapiyalar, kaletlar, veliokasslar, viromanduylar, aduatuklar, eburonlar, treverlar, atrebatlar, toksandralar, sekvonlar. Avgust davrida (miloddan avvalgi 16y.) Belgika provinsiyasi barpo etilgan. Gumanistlar tomonidan 16-asrda qayta istilohga kiritilgan Belgika atamasidan Belgiya nomi kelib chiqqan; 2) qadimda Yevropaning qita qismidan Jan. Angliyaga koʻchib oʻtgan kelt qabilalari.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |