Kontent qismiga oʻtish

Belflyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belflyor – kechpishar olma navi. AQShdan keltirilgan. Oʻzbekistonda 19-asr ning oxirlaridan keng tarqala boshlagan. Daraxti oʻrtacha oʻsadi, keng shoxshabbali (18 yillik B.ning boʻyi 5 – 7 m, eni 7,5 – 11 m ga yetadi), odatda, shoxlari yerga osilib tushadi. Guli yirik, oq, erta bahorda gullaydi (apr. boshlari). Mevasi yirik (oʻrtacha 150 g), chiroyli, shirin. Pusti yaltiroq, silliq, kUkishsariq yoki sariqrangda. Koʻplab qoramtir nuqtachalari B.ga oʻziga xos koʻrinish bsrib turadi. Eti och sariq, muloyim, sersuv. Tarkibida 14,4% qand, 0,5% kislota, 0,2% kul moddalar bor. Tuprogʻi unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Koʻchati ekilganidan keyin 4yili hosilga kiradi. B. 12 – 35 yoshida uzluksiz va yaxshi hosil beradi, keyinchalik hosildorligi kamayadi. Oʻzbekistonningtogli va tog oldi rayonlarida (Namangan viloyatida) koʻp ekiladi. Sentabrda terilgan olmalari fevralgacha yaxshi saqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil