Bekpoʻlat Umurqulov
Bekpoʻlat Umurqulov | |
---|---|
Tavalludi |
25-mart 1949-yil Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Termiz davlat universiteti |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Bekpoʻlat Umurqulov (1949-yil 25-mart, Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bekpoʻlat Umurqulov 1949-yil 25-mart Boysun tumanidagi Machay qishlogʻida tugʻilgan. 1967-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining filologiya fakultetiga oʻqishga kirib, 1971-yil tugatgan[1]. 1971-1972-yillar Muzrabot tumani „Mehnat zafari“ gazetasida katta adabiy xodim, 1972—1973-yillarda harbiy xizmatda, 1973—1976-yillardaa Muzrabot tumanidagi 1-oʻrta maktabda oʻqituvchi, 1976—1987-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim hamda Toshkent davlat pedagogika institutida oʻqituvchi, 1987-yildan boshlab Termiz davlat pedagogika institutida oʻqituvchi, 1990-yildan dotsent, 2005—2011-yillarda oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri, 2011—2019-yillarda oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi, 2019—2022-yillarda oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri, 2022-yildan Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yilda „Hozirgi oʻzbek poeziyasining leksik xususiyatlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. „Poetik nutq leksikasi“ (Toshkent, 1990), „Oʻzbek nutqi madaniyati ocherklari“ (Toshkent, 1988) monografiyalari, „Lektor nutqi va badiiy til“ (Toshkent, 1981), „Soʻz tanlash sanʼati“ (Toshkent, 1985) risolalari, „Savod oʻrgatish metodikasi“ (Dushanbe, 1994), „Oʻzbek tili“ (Termiz, 2000), „Oʻzbek adabiy tili“ (Termiz, 2001), „Hozirgi oʻzbek adabiy tilidan mashqlar toʻplami“ (Termiz, 2007), „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (Termiz, 2009) „Oʻzbek tilining amaliy grammatikasi“ (Termiz, 2018) oʻquv qoʻllanmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1]. 2006-yildan Xalqaro Antik dunyo ilmiy akademiyasining professori. 2020-yil professor Ibodulla Mirzayev rahbarligida „Oʻzbek nasriy nutqining lingvo-uslubiy shakllanish asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan[1].