Kontent qismiga oʻtish

Begona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Begona
Lo straniero
Rejissyor(lar) Luchino Visconti
Prodyuser(lar) Dino de Laurentis
Ssenariynavis(lar)

Luchino Visconti

Suso Cecchi d'Amico
Qaysi asarga
asoslangan
Begona
Rollarda

Marcello Mastroianni

Anna Karina
Bastakor(lar) Piero Piccioni
Operator(lar) Juzeppe Rotunno
Postanovkachi
rassom(lar)
Mariyo Garbulya
Studiya(lar)

Dino de Laurentiis Cinematografica, Raster Film, Marianne Productions,

Casbah Film
Chiqarilgan sanasi 1967-yil
Davomiyligi 104 daqiqa
Mamlakat

Fransiya Italiya

Jazoir
Til

fransuzcha

italyancha

Begona“ (italyancha: Lo straniero) – 1967-yilda italiyalik rejissyor Luchino Visconti tomonidan suratga olingan film. Fransuz yozuvchisi va ekzistensialisti Alber Camusning (talaffuzi: Alber Kamyu) shu nomdagi romani asosida suratga olingan. Bosh rollarni Marcello Mastroianni va Anna Karina ijro etgan. Film Venetsiyada boʻlib oʻtgan kinofestivalda (1967) ishtirok etgan va „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasida „Oltin globus“ mukofotiga (1968) nomzod boʻlgan.

Voqealar rivoji 1930-yillarda Fransiya Jazoirida boʻlib oʻtadi. Film bir nechta epizodlardan iborat va Merso (Marcello Mastroianni) ismli kichik xizmatchi tilidan hikoya qilinadi. Birinchi epizodda Merso onasining dafn marosimiga borishi, boshqalarning fikriga koʻra, oʻz judolik tuygʻusini tabiiy usulda ifoda etmagani gavdalangan. Ikkinchi epizodda esa dafn marosimidan keyingi kun Merso oʻzi unchalik yoqtirmaydigan sobiq hamkasbi (Anna Karina) bilan sohilda ishqiy munosabatlarni boshlagan. Uchinchi epizodda Mersoning jinoiy ishlarga moyilliklari boʻlgan, ahmoq va tajovuzkor qoʻshnisi bilan munosabatlari va ularning dengizga birgalikda sayohati gavdalanatirilgan. Bu qismda Merso oʻzi bilmagan holda bir arabni oʻldirib qoʻyadi. Uning bu qilmishiga sabab – quyosh urushi va alkogoldir. Shu sababdan u oʻzini nazorat qila olmagan, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oddiy zanjiri (bexosdan uchrashuv, arabning qoʻlidagi pichoq, Merso choʻntagida toʻpponcha) ham bunga sababdir. Toʻrtinchi epizodda Mersoning hibsga olinishi va sudlanishi aks etgan. Aynan odam oʻldirganligi uchun emas, balki oʻz onasining dafn marosimida oʻzini risoladagidek holatda tutmaganligi uchun uni ayblangan va oʻlimga hukm qilingan.

  • Marcello Mastroianni – Artur Merso
  • Anna Karina – Mari Kardona
  • Bernard Blier – huquqshunos
  • Georges Wilson – prokuror
  • Bruno Kremer – ruhoniy
  • Per Bertin – sudya
  • George Geret – Raymond
  • Angela Luce – Madam Meyson

Badiiy tahlil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartina asar syujeti bilan juda o'xshash. Filmda bir qator epizodlar orqali Merso shaxsiyati ochib berilgan. Film qahramoni hayotga mutlaqo befarq, hech kimni suymaydigan, hech kimga hamdardlik bildirmaydigan, mansab ambitsiyalariga ega boʻlmagan, siyosat, sanʼat va atrofidagi odamlarning taqdiri bilan qiziqmaydigan harakter egasi sifatida tomoshabin koʻz oʻngida namoyon boʻlgan. Merso Xudoga ham, oʻlimdan keyingi hayotga ham ishonmasdi. Oʻlimga ham xuddi hayot kabi befarq munosabatda boʻlardi, hamma ertami yoki kech oxir-oqibat oʻladi deb daʼvo qilardi. Shu bilan birga bu holat unga hech kimga qaram boʻlmaslik va hayotda butunlay yolgʻiz boʻlib qolish kabi „erkinlik“ imkonini berardi. Merso hatto bir kishilik kamerada ham hech qanday noqulaylikni boshdan kechirmaydi va agar adolatning bemaʼniligi boʻlmaganida, u yerda yashashni davom ettirishi mumkin edi. Bu oddiy huquqiy mantiqdan farqli oʻlaroq onasining dafn marosimida yigʻlamaganligi uni oʻlimga hukm qildi.

Visconti uchun bu film uning rejissyorlik faoliyatidagi eng yaxshisi boʻlmagan boʻlishi mumkin, ammo yuqori sifatga ega film sifatida baholangan. Ishonchli tarzda oʻziga chunonan berilib ketgan, befarq qahramon sifatida koʻrinish bergan Marcello Mastroianni 1960-yilning birinchi yarim yilligida Jan-Lyuk Godardning eng yaxshi filmlarida bosh rollari bilan mashhur boʻlgan aktrisa Anna Karina bilan duetini muvaffaqiyatli ijro etadi. Ajoyib minimalistik kartinada quyoshi botayotgan Jazoir dengizi sohilidagi landshaft va bir xil ohangdagi juda siyrak interyerlar hukmronlik qiladi. Hikoya kitobdagi kabi birinchi shaxs tamonidan yetkazib beriladi va kadrdan tashqari ovozlardan koʻp foydalaniladi. Robert Bresson fikricha, ushbu effektlar taʼsirchan konfessional-qaygʻuli badiiy taassurot yaratishda afzallik beradi.

Albert Camus asarlari asosida suratga olingan filmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamyuning asarlari asosida yana bir qancha rezonansga ega boʻlmagan filmlar suratga olindi. Ulardan eng ahamiyatlisi – Uilyam Xert va Sandrine Bonner ishtirokidagi „Begona“, „Vabo“ (1992) romani asosida suratga olingan „Yazgi (Rok)“ 2001-yilgi turk filmi, shuningdek Janni Amelio tomonidan suratga olingan „Birinchi odam“ (2011) kartinasi.