Beatris Borromeo
Beatris Borromeo | |
---|---|
Tavalludi |
18-avgust 1985-yil San Candido, Italiya |
Fuqaroligi | Italiya |
Taʼlimi | Bokkoni universiteti, Kolumbiya universiteti |
Kasbi | Jurnalist, model |
Dini | Ateist |
Turmush oʻrtogʻi | Per Kasiragi (2015–hozirgacha) |
Bolalari | 2 o'g'il |
Otasi | Don Karlo Ferdinando Borromeo |
Onasi | Donna Paola Marzotto |
Mukofotlari | F4D Inson huquqlari bo'yicha maxsus elchi (2015) |
Beatris Borromeo (1985-yil 18-avgustda tugʻilgan) – italiyalik jurnalist va model. U italiyaning Janubiy Tyrol provinsiyasida aristokratlar oilasida dunyoga kelgan. 2010-yilda Bokkoni universitetida huquq yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan, 2012-yilda esa Kolumbiya universitetida jurnalistika boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan.[1]
Kasbiy Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Borromeo jurnalistika sohasidagi faoliyatini 2009-yilda Italiyaning „Il Fatto Quotidiano“ gazetasida boshlagan va u yerda 2016-yilgacha mehnat qilgan. 2013-yilda u „Newsweek“ va „The Daily Beast“ nashrlari uchun jurnalist sharhlovchi sifatida ishlaydi.[2] Shuningdek, Rai 2 telekanalida „Anno Zero“ dasturida boshlovchi sifatida faoliyat olib borgan va Radio 105 tarmogʻida haftalik shou dasturlarini olib borgan. Borromeo hujjatli filmlar yaratish bilan ham shugʻullangan. U mafiya ayollari haqida „Mamma Mafia“ hujjatli filmini suratga olgan.[3] Ushbu filmning birinchi talqini 2013-yilda „Newsweek Daily Beast“ tomonidan namoyish etilgan. Bundan tashqari, u Italiyadagi mafiya tashkilotlari va ijtimoiy muammolar haqida bir nechta hujjatli filmlar yaratgan.[4]
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beatris Borromeo 2004-yilda Milandagi Liceo Giovanni Berchet litseyida oʻrta taʼlimni tugatgan.[5] 2010-yilda u Bokkoni universitetida huquq boʻyicha bakalavr darajasini olgan va 2012-yilda Kolumbiya universitetida jurnalistika boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan.
Oilaviy Kelib Chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beatris Borromeo Arona grafi Don Karlo Ferdinando Borromeo va grafinya Donna Paola Marzottoning qizidir. Otasi tomonidan u katolik cherkovining kardinali, Milan arxiyepiskopi va avliyo deb tan olingan Karlo Borromeo bilan qarindosh[6]. Borromeolar oilasi hozirda Lago Maggiore koʻlidagi Borromey orollarining koʻp qismiga va Milan shahridagi bir qator mulklarga egalik qiladi.[7]
Shaxsiy Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 25-iyul kuni Beatris Borromeo Monakoning Gannover malikasi Karolinaning oʻgʻli Per Kasiragi bilan turmush qurgan[8]. Nikoh marosimi Monako shahzodasi saroyining bogʻlarida boʻlib oʻtgan.[9] Bugungi kunda er-xotinning ikki nafar farzandi bor. Beatris Borromeo 2021-yilda Dior moda brendining elchisi boʻlgan. Shuningdek, 2015-yilda Inson huquqlari boʻyicha „Fashion 4 Development“ (F4D) tashkilotining maxsus vakili etib tayinlangan.[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Franca Sozzani.. „The Borromeo-Ferri wedding“. Vogue Italia (2012-yil 7-iyun). 2015-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Jaki e Lavinia sposi "La famiglia Agnelli è unita"“ (Italian). La Repubblica (2004-yil 4-sentyabr). 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
- ↑ Gianluca Mattei.. „Cinquecento invitati alla Rocca Borromeo per Isabella e Ugo“ (Italian). Corriere della Sera (2005-yil 25-sentyabr), s. 23. 2015-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Carlo Borromeo e Marta Ferri, nozze principesche e alternative | AttualitÓ. Oggi.it (2012-yil 5-iyul). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ Knightley, Emma. Princely Monaco: The House of Grimaldi in the 21st Century, eBook, USA, 2019. ISBN 9780359058945. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
- ↑ Priya Rao. „Marta Ferri and Carlo Borrmoeo Wedding - Pantelleria Italy Wedding - Town & Country Magazine“. Townandcountrymag.com (2012-yil 30-iyun). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ „La saga dei Marzotto“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
- ↑ Borromeo, Beatrice „Ellroy. Autobiografia di me stesso“. Il Fatto Quotidiano. Editoriale Il Fatto S.p.A. 2015-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-mart.
- ↑ „Corriere della Sera - I 20 anni di Beatrice "atea e di sinistra"“ (2019-yil 19-sentyabr). 2019-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-sentyabr.
- ↑ Knightley, Emma. Princely Monaco: The House of Grimaldi in the 21st Century, eBook, USA, 2019. ISBN 9780359058945. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.