Bayzo
Qiyofa
Bayzo (arabcha— oq rangli, yaltiroq) — qadimiy poʻlatning bir turi. Sifat jihatdan isfahon poʻlatidan (qarang Bulat) soʻng 2-oʻrinda turadi. Bayzo olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy poʻlat oʻtda qizdirilib, sandonga ikkisi ustma-ust qoʻyiladi, bolgʻa va bosqon bilan urib yoyiladi. Sovigach, yana qizdirilib, buklab, urish davom ettiriladi. Bu jarayon temirning taxminan oʻndan bir qismi poʻlat jismiga singunga qadar davom ettiriladi. Shunda u yaltirab, "xol" tashlab turadi. Bayzodan pichoq, qilich, xanjar tigʻlari yasalgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |