Bayonqulixon Surgatu oʻgʻli
Bayonqulixon | |
---|---|
1348-1358-yillarda Chigʻatoy ulusi xoni | |
Oʻtmishdoshi | Donishmandji |
Davomchisi |
Shohtemur Tugʻluq Temur |
Tugʻilishi | nomaʼlum |
Vafoti | 1358-yilda |
Bayonqulixon (Buyonqulixon) Surgʻatu oʻgʻli — Chigʻatoy ulusi xoni. Chigʻatoylardan. Duvaxonning nabirasi. Davlat ishlarini aslida uning nomidan 1346-yilda Chigʻatoy ulusini oʻz nazoratiga olgan qoraunaslar (nekuderiylar)dan boʻlgan amir Qozagʻon boshqargan. Amalda Bayonqulixon Qozagʻonning qoʻgʻirchogʻi edi. 1358-yil qishida Qazagʻon fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, uning oʻgʻli amir Abdulloh Bayonqulixonga qarshi Hisor hokimi Bayon Sulduz va Kesh (Shahrisabz) hokimi Hoji Barlos bilan birgalikda bosh koʻtargan. Samarqandga yaqin yerda boʻlgan jangda Bayonqulixon qoʻlga olinib, qatl qilingan. Moʻgʻullar, Movarounnahr hamda Yettisuvni egallashidan oldin, asosan, shomonlik diniga eʼtiqod qilishgan. Biroq, XIV asrda Markaziy Osiyodagi moʻgʻullar koʻpchilik islomni qabul qilgan. Bayonqulixon musulmon va xurosonlik shayx Sayfiddin Boxarziyning sodiq yordamchisi edi. Shuning uchun u shayx qabri qarshisiga dafn etilgan. Maqbara 1358-yildan beri Bayonqulixon qabrining tepasida joylashgan. 1357 (758)-yilda Shahrisabzda zarb etilgan dinorlarda «Bayanquli bahodirxon eng buyuk sultondir. Alloh uning hukmronligini uzoq qilsin» degan soʻzlar yozilgani uning taqvodor inson boʻlganligidan dalolat beradi.
Qoʻshimcha maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Manz, Beatrice Forbes, The Rise and Rule of Tamerlane. Cambridge University Press, 1989, ISBN|0-521-34595-2.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |