Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Maniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxtiyar Kamilovich Maniyazov (1972-yil, 29-may, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbek siyosatchisi, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi aʼzosi.

Baxtiyar Maniyozov 1972-yil 29-mayda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida tugʻilgan. 1999-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti hamda 2012-yilda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2019-yilning 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovda 15-Xoʻjaobod saylov okrugidan IV deputat etib saylangan. Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasi aʼzosi[1].