Batut
Batut (batud) (frans. batoude, ital. battuta, aynan — zarba) — toʻrtburchak shaklli, atrofi poʻlat prujinalar yoki rezinalar bilan mahkam tortilgan "sim krovat"ga oʻxshash sakrashga moʻljallangan anjom. Undan akrobatlar, suvga sakrovchilar, gimnastlar foydalanadi. Batutning uzunligi 5 metr, eni 1,5 metr, poddan balandligi 1,2 metr. Batutda sakrash (yakka va sinxron juftlik) — sport turi. AQShda kelib chiqqan. Xalqaro federatsiyaga 1964-yil asos solingan, 40 ga yaqin mamlakat aʼzo (1991). 1964-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi.
Oʻzbekistonga Batutda sakrash (trampolin) yangi sport turi sifatida 1972-yil kirib kelgan. 1984-yil Toshkentdagi 3-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida ilk bor Batut boʻlimi ochildi. T. Miroqilov Batutdan birinchi sport ustasi boʻldi (1981). Oʻzbekistonlik D. Polyarush oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi (1987). Yana besh marta shu qita birinchiligi gʻolibi boʻldi. 1990-yil Germaniyada boʻlgan jahon chempionatida 2 oltin va 1 kumush medal oldi, 1997-yil esa Kanadada ikkinchi marta jahon kubogini qoʻlga kiritdi. Sportning ana shu turida erishgan muvaffaqiyatlari uchun D. Polyarush xizmat koʻrsatgan sport ustasi, N. Jihareva (N. Aydinova) "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan trener" unvoniga sazovor boʻlgan (1991).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |