Barot Boyqobilov
Boyqobilov Barot Tillayevich (1937.14.3, Urgut tumani Kenagas qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1997), SamDU filologiya fakultetini tamomlagan (1962). Oʻzbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti (1962—1963), yoshlar gaz. , (1963—1968), bolalar adabiyoti nashriyoti (1968—1974)da muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari. Partiya va hukumat idoralarida xizmat qilgan (1974—1990). „Muloqot“ jurnali bosh muharriri (1991-yildan). B.ning „Samarqand satrlari“ (1962), „Visol“ (1965), „Seni izlayman“ (1968), „Samarqand ushshogʻi“ (1969), „Afrosiyob“ (1970), „Kim sokin yashaydi Oʻzbekistonda“ (1990) va boshqa sheʼriy toʻplamlari, bir nechta dostonlari nashr etilgan. Uning „Kun va tun“ (1968) sheʼriy qissasida Boburning badiiy obrazi oʻzbek adabiyotida ilk bor namoyon boʻldi. Keyinchalik B. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan „Shukuxli karvon“ (1981), „Notinch Xuroson“ (1985), „Sokin Xurson“ (1992) va „Qonli Xuroson“ (1992) dostonlarini, „Hayrat ul-Ahror“ (1997) sheʼriy romanini eʼlon qildi. Soʻng ular asosida besh dostondan iborat „Yangi hamsa“ni (1998) va „Oʻzbeknoma“ (1999) sheʼriy romanini yaratdi. B. oʻzbek sheʼriyatida sonet janrining ravnaq topishiga katta hissa qoʻshdi. B. Petrarka, V. Shekspir, P. Neruda, R. Hamzatov sonetlarini, oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |