Kontent qismiga oʻtish

Barg ogʻizchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barg ogʻizchasi - oʻsimliklar bargidagi tashqi muhit bilan aloqa bogʻlaydigan tirqishsimon yoriqcha (bunday yoriqchalar oʻsimliklarning boshqa yer ustki organlari epidermisida ham mavjud). Barg ogʻizchasi barg sathining juda oz o. fotosintez roʻy berishi va hujayraga karbonat angidridning oʻtishini ta’minlash uchun ochiladi va havo haddan tashqari quruq boʻlganda suv bugʻlanishining oldini olish uchun yumiladi. Barg ogʻizchasi ning ochilishi va yumilishi aktiv jarayon boʻlib, ATF sarf boʻlishi bilan boradi, bu jarayonni, mas, nafas ingibitorlari tormozlaydi.Ikkala tomonidan ogʻizchalari boʻlgan barglar amfistomatiklar deyiladi. Mas, Meksika gʻoʻzasi navlari bargida 1 mm2 barg yuzasiga 265 va barg orqasida 145 ogʻizcha toʻgʻri keladi, tutashuvchi hujayralar ogʻizchalarining kattaligi 25 — 32 mkm. Barg ogʻizchasi qanchalik keng ochilsa, barg suvga shunchalik yaxshi toʻyinadi. Barglar namni yoʻqotishi bilan ogʻizchalar yumila boshlaydi, turgor sekin-asta boʻshashadi. Bu xususiyatdan oʻsimlikning suv bilan ta’minlanganligi darajasini aniqlashda foydalaniladi (qarang Oʻsimlikning suv rejimi).[1]

  1. "Barg ogʻizchasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil