Kontent qismiga oʻtish

Barelyef

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barelyef (fransuzcha: bas-relief — past relyef) — boʻrtma tasvir; haykaltaroshlikda relyef turi. Zamin (fon) sathidan boʻrttirib ishlangan tasvir asli shaklining yarmidan ortmasa (mas, tanga, nishon yuzasiga ishlangan tasvirlar) barelyef deb ataladi. Barelyef me’moriy inshootlar bezagi va bezak san’ati asarlarida keng tarqalgan, shuningdek haykal oʻrnatiladigan taglik, supa (postament), stela, yodgorlik lavha va barelyefda keng qoʻllanadi[1].

  1. "Barelyef" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil