Barbyus Anri
BARBYUS (Barbusse) Anri (1873 -1935) — fransuz yozuvchisi, jamoat arbobi. Ilk "Yigʻlovchi ayollar" (1895) she’riy toʻplami, "Yolboruvchilar" (1903), "Doʻzax" (1908) romanlarida ijtimoiy tengsizlik, xalqning nochor hayoti aks etgan. Bularda modernizm ta’siri seziladi. Birinchi jahon urushi uning ijodida burilish yasadi. Modernistik kayfiyatdan voz kechib, realistik ijod yoʻliga oʻtdi. Mopassan, Zolya an’analarini davom ettirdi. "Oʻt" (1916), "Yorishuv" (1919) romanlarida oʻzi ishtirok etgan Birinchi jahon urushi vaqtidagi ommaning kayfiyati ifodalangan. "Xalqpar" (1925) romani, "Kuch" (1925), "Jallodlar" (1926), "Hodisalar" ("Haqqoniy qissalar", 1928) va boshqa povest, hikoya va ocherklar toʻplamida davrning muhim ijtimoiy voqealari aks etgan. B. oʻzi kompartiya a’zosi boʻlsada, umrining oxirlarida kommunistik inqilob dunyoni zulm zanjiridan ozod qila olmasligini, aksincha, yangi zulm paydo qilishini tushunib yetdi. B. xalqaro militarizmga qarshi madaniyat arboblari birlashmasi "Klarte" tashkilotchisi (1919). "Klarte" jur.ni chiqargan (1919 — 24).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |