Barath Botond
Barath Botond (talaffuzi: Barat Botond) — vengriyalik futbolchi, „Budapest Honvéd“ klubi va Vengriya terma jamoasining markaziy himoyachisi.
Barath Botond | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan | 21-aprel 1992-yil (30 yosh) Budapesht, Vengriya |
Fuqaroligi | Vengriya |
Boʻyi | 188 cm |
Vazni | 82 kg |
Pozitsiyasi | markaziy himoyachi |
Klub haqida maʼlumotlari | |
Klub | Budapest Honvéd |
Raqami | 36 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barath Botond professional faoliyatini Budapeshtning „Honvéd“ klubida boshlagan. U „Honvéd“ jamoasiga birinchi marta 2009-yil 16- mayda „Kecskeméti“ jamoasiga qarshi milliy chempionat oʻyini uchun ariza topshirgan. Barath Botond keyingi uch mavsumni asosan „Honvéd“ning ikkinchi jamoasida oʻtkazgan[1]. U 2010-yilning 10-martida „Debrecen“ga qarshi Vengriya Liga kubogi bahsida „Honvéd“ning asosiy jamoasida debyut qilgan[2]. Barath Botond chempionatdagi debyutini 2012-yilning 5- avgustida „Diósgyőr“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2012-yil 10-noyabrda „Egri“ jamoasiga qarshi oʻyinda u „Honvéd“ jamoasi uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi[3]. 2016-2017-yilgi mavsumda u „Honvéd“ klubiga 24 yil ichida birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan[4].
2018-yilning 18-dekabrida Barath Botond MLSning „Sporting Kansas City“ klubi bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[5][6]. Barath Botond „Sporting“ uchun debyutini 2019-yilning 3-martida „Los-Anjeles“ga qarshi mavsumning ochilish raundidagi oʻyinida oʻtkazgan[7][8]. 2019-yil 24-avgustda u „Sporting“ farm klubida „Swope Park Rangers“ USL chempionatida „New York Red Bulls II“ga qarshi oʻyinda oʻynagan[9]. 2019-yil 25-sentyabrda „Minnesota United“ jamoasiga qarshi oʻyinda u „Sporting“ uchun birinchi golini urgan[10][11].
2020-yil 11-iyulda Barath „Budapest Honvéd“ga qaytgan[12][13][14].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barath Botond Vengriya terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 15-oktyabr kuni UEFA Millatlar ligasining 2018-2019-yilgi mavsumida Estoniyaga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[15].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubog | Liga kubogi | Yevropa kubogi | Total | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Honvéd | |||||||||||
2009–2010 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2010–2011 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | |
2011–2012 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
2012–2013 | 21 | 1 | 5 | 1 | 5 | 0 | 1 | 0 | 32 | 2 | |
2013–2014 | 24 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 31 | 0 | |
2014–2015 | 19 | 1 | 3 | 1 | 7 | 0 | – | – | 29 | 2 | |
2015–2016 | 30 | 3 | 2 | 1 | – | – | – | – | 32 | 4 | |
2016–2017 | 22 | 0 | 2 | 0 | – | – | – | – | 24 | 0 | |
2017–2018 | 27 | 1 | 6 | 1 | – | – | 2 | 1 | 35 | 3 | |
2018–2019 | 16 | 0 | 0 | 0 | – | – | 2 | 1 | 19 | 1 | |
2020–2021 | 14 | 0 | 0 | 0 | – | – | 2 | 0 | 16 | 0 | |
2021–2022 | 13 | 0 | 3 | 1 | – | – | – | – | 16 | 1 | |
Jami | 186 | 6 | 29 | 5 | 20 | 0 | 10 | 2 | 245 | 13 | |
Umumiy karyerasi | 186 | 6 | 29 | 5 | 20 | 0 | 10 | 2 | 245 | 13 |
== Yutuqlari ==; Jamoaviy yutuqlari
- Vengriya chempioni: 2016-2017
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sporting KC signs Hungarian international defender to two-year deal“ (en). FOX Sports (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ „MLS: újabb magyar Kansas Cityben, Baráth aláírt – hivatalos“ (hu). Nemzeti Sport (2018.12.18). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Sam Kovzan. „Sporting KC signs Hungarian international defender Botond Barath“ (en). Sporting Kansas City (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Pór Károly. „Eltanácsolták az NB II-ből, bajnok lett az NB I-ben – hihetetlen kispesti történetek“ (hu). Nemzeti Sport (2017.06.07). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Dylan Butler. „Sporting Kansas City sign Hungarian international Botond Barath“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Sam McDowell. „Sporting KC signs Hungarian defender to two-year contract“ (en). The Kansas City Star (2018-yil 18-dekabr). 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Sam Kovzan. „Recap: Sporting opens MLS campaign with late 2-1 loss at LAFC“ (en). Sporting Kansas City (2019-yil 3-mart). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Sam McDowell. „Los Angeles FC stuns Sporting KC seconds before final whistle in MLS opener“ (en). The Kansas City Star (2019-yil 3-mart). 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Patrik Bergabo. „Recap: 10-man Rangers suffer 5-1 defeat to New York Red Bulls II“ (en). Sporting Kansas City (2019-yil 24-avgust). 2020-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Sam Kovzan. „Recap: Botond Barath on target as Sporting suffers late 2-1 loss to Minnesota United FC“ (en). Sporting Kansas City (2019-yil 25-sentyabr). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ „MLS: nem ért pontot Baráth Botond első gólja – videó“ (hu). Nemzeti Sport (2019.09.26). 2020-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ Kurt Austin. „Sporting agree to transfer Botond Barath to former club Budapest Honved FC in Hungary“ (en). Sporting Kansas City (2020-yil 11-iyul). 2020-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ „Sporting Kansas City transfer Botond Barath back to former club in Hungary“ (en). MLSsoccer.com (2020-yil 11-iyul). 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ „NB I: Baráth hazatér az MLS-ből, a Honvédnál folytatja – hivatalos“ (hu). Nemzeti Sport (2020.07.11). 2020-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
- ↑ Bodnár Zalán. „Három góllal sem sikerült három pontot szerezni Észtországban“ (hu). Nemzeti Sport (2018.10.15). 2020-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.