Banya Bashi masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Bolgariya |
Shahar | Sofiya |
Koordinatalar | 42°41′58″N 23°19′21″E / 42.69944°N 23.32250°E |
Meʼmoriy uslub | Usmoniylar arxitekturasi |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Asosiy sana: 1566-yil
| |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 15 m |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | g'isht |
Holati | faol |
Banya Bashi masjidi Vikiomborda |
Banya Bashi masjidi (bolgarcha: Баня баши джамия, Banya bashi dzhamiya; turkcha: Banya Başı Camii) — Bolgariyaning Sofiya shahridagi masjid.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid mashhur Usmonli meʼmori Meʼmor Sinan tomonidan loyihalashtirilgan va 1566-yilda, Usmonlilar shaharni nazorat qilgan yillarida qurib bitkazilgan. Masjid oʻz nomini Banya Bashi iborasidan oladi, bu koʻp hammom degan maʼnoni anglatadi. Turk tilida Banyo choʻmilish maʼnosini bildiradi va Baş (talaffuzi Bash) „bosh“ yoki „asosiy“ degan maʼnoni anglatadi, shuning uchun u qurilgan joyga qarab, nomning mantiqiy tarjimasi „hammom masjidi boshligʻi“ degani boʻladi. Masjidning eng ajoyib xususiyati shundaki, u aslida tabiiy termal kurortlar ustida qurilgan; hatto masjid devorlari yaqinidagi yerda joylashgan havo teshiklaridan koʻtarilayotgan bugʻni ham koʻrish mumkin. Masjid oʻzining katta, diametri 15 metrlik[1] gumbazi va minorasi bilan mashhur.
Hozirda Banya Bashi masjidi Sofiyadagi yagona faoliyat olib borayotgan masjid boʻlib, qariyb besh asr davom etgan Bolgariyadagi Usmonlilar hukmronligining merosi hisoblanadi. Bugungi kunda, undan shahar musulmon jamoasi foydalanmoqda.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Gʻarbdan Banya Bashi masjidining koʻrinishi
-
Banya Boshi masjidining shimoliy tomoni
-
Banya Bashi masjidining janub tomoni
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bulgaria: The Bradt Travel Guide, Annie Kay, page 89, 2008