Banu Nodir bosqini
Banu Nodir bosqini | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Muhammadning harbiy faoliyatining bir qismi | |||||||
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Muhammad Ali Muhammad ibn Maslama Zubayr ibn Avvom Umar Sad ibn Ubada |
|||||||
Kuchlar | |||||||
800 nafar | Nomaʼlum |
Banu Nodirga bosqin (arabcha: غزوة بني النضير) milodiy 625-yilning may (hijriy 4-yil rabiulavval) oyida sodir etilgan[2]. Ushbu voqea Hashr surasida bayon qilingan boʻlib, unda Islom paygʻambari Muhammadga suiqasd uyushtirganidan keyin Madinadan quvib chiqarilgan yahudiy qabilasi Banu Nodirning surgun qilinishi tasvirlangan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hujum sababi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hindistonlik musulmon yozuvchisi Safiur Rahmon Muborakpuriy tomonidan yozilgan Muhammadning zamonaviy islomiy tarjimai holi boʻlgan The Sealed Nectarga koʻra, bir paytlar Muhammad oʻzining baʼzi sahobalari bilan Banu Nodir qabilasini koʻrish va qon puli toʻplashda ulardan yordam soʻrash maqsadida yoʻlga chiqqan. Amr ibn Umayya ad-Damariy Bir Maona yurishida xatolik bilan oʻldirib qoʻygan ikki kishi uchun Banu Kilabga qon puli toʻlashi kerak edi. Muborakpuriyning yozishicha, Jabroil farishta Banu Nodirning Muhammadga suiqasd qilish rejasini oshkor qilish uchun yerga tushadi va Muhammadga bu xabarni yetkazadi. Buni eshitgan paygʻambar sahobalari bilan Madinaga qaytib ketishga tayyorgarlik koʻradi. Yoʻlda esa u sahobalariga unga yuborilgan ilohiy vahiyni aytib beradi. Yozuvchining taʼkidlashicha, Banu Nodir yahudiylari qisqa vaqt ichida shaxsiy uchrashuv oʻtkazgan va paygʻambarni oʻldirish uchun til biriktirishgan.
„Islom ensiklopediyasi“da aytilishicha, paygʻambar Muhammad Muhammad ibn Maslama orqali Banu Nodirga Madinani 10 kun ichida tark etishni buyurgan. Qabila dastlab ushbu talabni bajarishga qaror qilgan, biroq Xazraj qabilasi boshligʻi Abdulloh ibn Ubay 2000 kishini ularga yordam berish uchun joʻnatishini vaʼda qilib, oʻz qal’alarida turib musulmonlarga qarshilik koʻrsatishlariga koʻndirgan. Huyay ibn Axtab qabila ichidagi qarshiliklarga qaramay, Banu Qurayzadan ham yordam umid qilib, Muhammadga qarshi turishga qaror qilgan[4].
Tahlillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]William Montgomery Watt at-Tabariyning „Tarixi Paygʻambarlar va podshohlar“ kitobining 7-jildi tarjimasining soʻzboshisida Banu Nodirning quvgʻin qilinishining bir qancha sabablarini sanab oʻtgan. Birinchidan, Banu Nodirning Madinadan quvgʻin qilinishining asosiy sababi Banu Qaynuqo qabilasining shahardan haydab chiqarilishi bilan bilan bir xil edi, yaʼni yahudiylarning Muhammad va Islomga nisbatan tanqidiy qarashlari va ularga nisbatan dushmanligi. Ikkinchidan, Banu Nodirning baʼzi aʼzolari Muhammadni oʻldirmoqchi boʻlishgan. Watt bu ayblov hujum boshlash uchun yetarlicha bahona boʻlmagan boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi, shuningdek, bu sabab haqiqat boʻlgan taqdirda ham hujumning asosiy sababi aynan ularning suiqasd uyushtirishi emasligini qoʻshimcha qiladi. Uchinchidan, Banu Nodir qabilasi boshliqlaridan biri 624-yilda Abu Sufyonga musulmonlarga qarshi maʼlumot bergan[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahman al-Mubarakpuri, Safiur (2005), The Sealed Nectar, Darussalam Publications, 189-bet, ISBN 9798694145923 (online).
- ↑ Tabari, Al (25 September 1990), The last years of the Prophet (translated by Isma'il Qurban Husayn), State University of New York Press, ISBN 9780887066917
- ↑ Jamie Stokes (2005), Encyclopedia of the Peoples of Africa and the Middle East, Volume 1, Infobase Publishing, 99-bet, ISBN 978-0-8160-7158-6, „According to Islamic tradition, the Bani Nadir were expelled from Medina in 625 after reportedly being implicated in a plot to assassinate Muhammad“.
- ↑ Vacca, V.. "Nadir, Banu 'l". in P.J. Bearman. Encyclopaedia of Islam Online. Brill Academic Publishers. ISSN 1573-3912.
- ↑ Tabari, Al (2008), The foundation of the community, State University of New York Press, ISBN 978-0-88706-344-2|page=xxxv