Banoras (mato)
Qiyofa
Banoras (Hindistondagi Banoras shahri nomidan) — tanda ipi shoyi, nimshoyi, arqogʻi ipdan toʻqiladigan pishiq mato, toʻqilishi beqasamga oʻxshash. Beqasamdan faqat gullari bilan farq qiladi. B., asosan, kumush rang oq tusli boʻlib, uni zoʻrgʻa koʻrinadigan qoramtir yoʻllar kesib oʻtadi.
B.ning asl vatani Hindiston, Buxoro, Qoʻqon, Samarqand, Namanganda ham qadimdan toʻqiladi. Namangan B.larining kumush rang oq tusdan tashqari och pushti, sariq, yashil tuslilari boʻlib, ular ham gʻoyat koʻrkam. B.dan toʻn, nimcha, kamzul kabi milliy kiyimlar tikiladi. Namangan shoyi toʻqish fabrikasida ham B. ishlab chiqariladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |