Kontent qismiga oʻtish

Bank sertifikati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bank sertifikati — emitent bank tomonidan uning nomiga mijozning pul mablagʻlari quyilganligi toʻgʻrisida yozma guvohnoma. Bank sertifikati oʻz egasiga yoki uning merosxoʻriga bank sertifikatida belgilangan muddat oʻtganidan soʻng qoʻyilgan pul summasini hamda uning foizinin olish huquqini beradi. Bank serifikati qisqa muddatli boʻlib (odatda, bir yilgacha), inflatsiya unga taʼsir qilmaydi. Bundan tashqari, eng kamida qoʻyilgan mablagʻni olish imkonini tugʻdiradi[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi