Kontent qismiga oʻtish

Bamarni

Koordinatalari: 37°7′0″N 43°16′0″E / 37.11667°N 43.26667°E / 37.11667; 43.26667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bamarni
Qishloq
37°7′0″N 43°16′0″E / 37.11667°N 43.26667°E / 37.11667; 43.26667
Mamlakat Iroq
Mintaqa Iroq Kurdistoni
Muhofazot Dohuk muhofazoti
Tuman Amadiya tumani
Maydon 46,928 km2 (18,119 kv mi)
Aholisi
 (2014)
  • Qishloq: 5 687
  • Shahar: 1 957
Bamarni xaritada
Bamarni
Bamarni

Bamarni (arabcha: بامرني[1], kurdcha: بامه‌رنێ[2][3], suryoniycha: Beṯ Mūrdānī[4], ivritcha: במרני[1]) Iroqning Kurdiston mintaqasidagi Dohuk muhofazotida joylashgan qishloq va kichik tuman. Amadiya tumanidagi Sapna vodiysida joylashgan. Qishloq togʻ darasida joylashgan boʻlib, naqshbandiylik taʼsiri kuchli[5].

Bamarni 10-asrda Sharq cherkoviga mansub boʻlgan Rabbon Joseph Busnayaning Agiografiyasida Beṯ Murdani nomi bilan ossuriylar yashaydigan nasroniy qishloq sifatida birinchi marta tilga olingan[6]. Bamarnida avval yahudiylar jamoasi ham istiqomat qilgan[7]. 20-asr boshlarida Bamarni Naqshbandiylik shayxi Baho al-Dinning qarorgohi boʻlgan. Uning uyi va takyasini 1919-yil avgustda inglizlar vayron qilgan. Biroq, keyinchalik qayta tiklashga ruxsat berilgan[8]. Bu vaqtda olti-yettita yahudiy xonadonlari mavjud edi[8].

2020-yil dekabr oyida Miran Abdulrahmon tuman hokimi etib tayinlanib, Dohuk muhofazotidagi birinchi ayol mer bo‘ldi[9].

  1. 1,0 1,1 „Jewish Quarter, Bamarne, Iraq“. Diarna: The Geo-Museum of North African and Middle Eastern Jewish Life. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  2. KRSO (2009), s. 161.
  3. „Civilian vehicles bombed by Turkish jets in South Kurdistan“. Firat News Agency (2020-yil 26-iyul). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  4. Carlson, Thomas A. „Beth Mūrdānī“. The Syriac Gazetteer (2014-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  5. فرنسيس, بشير يوسف. موسوعة المدن والمواقع في العراق - الجزء الأول (ar) — 119-bet. ISBN 9781780582627. 
  6. Wilmshurst (2000), s. 133.
  7. „Cave at Bamarne, Iraqi-Kurdistan“. Diarna: The Geo-Museum of North African and Middle Eastern Jewish Life. Qaraldi: 2020-yil 22-avgust.
  8. 8,0 8,1 Zaken (2007), s. 265.
  9. Nasri, Ayub. „First woman mayor appointed in Duhok Province“. Rûdaw (2020-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • KRSO (2009), „2009 - ناوی پاریزگا. يه که کارگيرييه كانی پاریزگاكانی هه ریمی کوردستان“ (PDF), Kurdistan Region Statistics Office (KRSO) (kurdcha), 1–179-bet, 14 March 2017da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 6 February 2021
  • Wilmshurst, David. The Ecclesiastical Organisation of the Church of the East, 1318–1913. Peeters Publishers, 2000. 
  • Zaken, Mordechai. Jewish Subjects and Their Tribal Chieftains in Kurdistan: A Study in Survival. Brill, 2007.