Balneotexnika
Qiyofa
Balneotexnika (balneo... va texnika) — sanitariya texnikasining bir boʻlimi; mineral suvlarni tugab qolishi hamda ifloslanishidan saqlash uchun balneologiya maʼlumotlariga asoslanib, zarur sharoit tugʻdirish va ulardan davolash-profilaktika maqsadida samarali foydalanish usullarini ishlab chiqadi. Shifobaxsh balchiqni manbaidan shifoxonalarga keltirish va tabiiy xossalariga putur yetkazmasdan isitib berish va ishlatish ham B.ning vazifasidir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |