Balantidium
Balantidium (Balantidium) – teng kiprikli infuzoriyalar turkumining avlodi. Tanasi oval, loviyasimon, yumaloq shaklda, sirtdan mayda, bir xil uzunlikdagi kipriklar bilan qoplangan. Kipriklari harakatlanish va ozigʻini haydash vazifasini bajaradi. Tanasining uzunligi 40 – 150 m km, eni 20 – 70 m km, 30 dan ortiq turi bor. Bir qancha umurtqasizlar va koʻpchilik umurtqalilar (kalamush, choʻchqa, odamsimon maymunlar) hamda odamning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiladi. Choʻchqa va odamlarning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiladigan Balantidium yugʻon ichak toʻqimalarini yemirib, eritrotsitlar bilan oziqlanadi, ichakni yalligʻlantirib, xavfli – qonli ichburugʻ kasalligini paydo qiladi. Balantidium sistalari hayvonlar goʻngi orqali tashqariga chiqariladi. Balantidium bilan zararlangan kishi bu parazitni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin. Choʻchqalar va choʻchqaboqarlar orasida ayniqsa koʻp uchraydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |