Kontent qismiga oʻtish

Bakteriologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakteriologiya (bakteriyalar va… logiya) – bakteriyalar haqidagi fan, mikrobiologiyaning bir boʻlimi. Bir nechta mustaqil sohalari bor. Umumiy bakteriologiya bakteriyalarning morfologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosini, ularning oʻzgaruvchanligi va irsiyatini, evolyutsiyasi, tabiatda tarqalishi va boshqalarni; tibbiyot hamda veterinariya bakteriologiyasi, kasallik tugʻdiruvchi bakteriyalar biologiyasini, ularni ajratib olish va aniqlash usullarini, immunitet hodisasini oʻrganadi. Qishloq xoʻjaligi bakteriologiyasi tuproq strukturasi hosil boʻlishida, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash (siloslash, achitish va hokazo)da bakteriyalarning ahamiyatini; texnika (sanoat) bakteriologiyasi bakteriyalarning spirtlar, organik kislotalar, fermentlar, aminokislotalar va boshqa hosil qilish jarayonlarini oʻrganadi. Bakteriologiya XIX asrdan L. Paster bijgʻish va ayrim infeksion kasalliklarga bakteriyalar sabab boʻlishini aniqlagandan soʻng rivojlana boshladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil