Bahzani
Bahzani | |
---|---|
36°27′17″N 43°20′15″E / 36.45472°N 43.33750°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Nineva muhofazoti |
Tuman | Al-Hamdamiya tumani |
|
Bahzani (kurdcha: بهحزانی,[1][2] arabcha: بحزاني), suryoniychadan olingan boʻlib, „xazina uyi“ degan maʼnoni anglatadi. Iroq shimolidagi Nineva muhofazotining Al-Hamdaniya tumanida joylashgan shaharcha.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahzani shahri oʻzining yoʻldosh qishlogʻi Bashiqa bilan birgalikda tarixan turli etnik guruhlarga mezbonlik qilgan. Hududda gugungi kunda yashovchi aholining aksariyati arab tilini ona tili sifatida biladigan yazidiylardir[3]. Shuningdek, ossuriylar, shialar, sunniylar va shabaklar ham istiqomat qiladi[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahzani Iroqning rasmiy hududi hisoblanadi. Biroq, 2003-yilda Saddam Husayn hokimiyatdan ag‘darilganidan beri Kurdiston mintaqasi hudud uchun da’vo qilib kelmoqda. Iroq konstitutsiyasining 140-moddasiga koʻra, referendum orqali hudud Iroq yoki kurd hukumati tomonidan boshqarilishi masalasi hal qilinishi kerak. Boshqarish masalasi hali toʻliq hal qilinmagan. Human Rights Watch, UNHCR va boshqa inson huquqlari tashkilotlariga koʻra, agar shahar Kurdiston mintaqasiga qoʻshilishga qarshi ovoz berilsa, shahar aholisi zoʻravonlik tahdidi ostida qoladi[5][6][7].
2014-yil avgust oyida IShID shaharga bostirib kirishi ortidan shahar aholisi Iroq Kurdistoniga qochib ketgan. 2016-yil oxirida hudud Bashiqa bilan birga ozod qilingan. Oʻshandan keyin koʻchirilgan koʻplab aholi qaytib kelib, Yazidiy ibodatxonalari va cherkovini qayta qurishgan.
Yazidiylarning muqaddas joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahzanida koʻplab yazidiy ziyoratgohlari mavjud. Jumladan[8]:
- Ebû Rîsh ziyoratgohi;
- Shayx Bako ziyoratgohi. Ziyoratgohda anjirli buloq mavjud. Bu yerga ziyoratchilar isitmadan davolanish uchun tashrif buyurishadi. Ziyoratchilar kiyimlaridan kichik parchalarni daraxtga bogʻlaydilar va bahorda baliqlarni oziqlantiradilar.
- Sitt Hebîbe ziyoratgohi, shuningdek, Marta Hebîbta („Sevimli xonim“; Shayx Muhammadning rafiqasi) nomi bilan ham mashhur. Ushbu ziyoratgoh Bashiqaga yaqin hududda joylashgan.
- Mesʼûd ziyoratgohi
- Dayka Jakan ziyoratgohi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dengê Kurdistan“. dengekurdistan.nu (2015-yil 3-avgust). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
- ↑ „وهزارهتی پێشمهرگه وردهكاری كۆنترۆڵكردنهوهی باشیك و بهحزانی رووندهكاتهوه“ (ku). Kurdistan24 (2016-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
- ↑ electricpulp.com „YAZIDIS i. GENERAL – Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Baashiqa Area Based Assessment - July 2018 - Iraq | ReliefWeb“ (en). reliefweb.int (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Iraq's Disputed Territories“. United States Institute of Peace.
- ↑ „On Vulnerable Ground“. Human Rights Watch (HRW).
- ↑ „UNHCR's ELIGIBILITY GUIDELINES FOR ASSESSING THE INTERNATIONAL PROTECTION NEEDS OF IRAQI ASYLUM-SEEKERS“. United Nations High Commissioner for Refugees (UNHCR).
- ↑ Kreyenbroek, Philip. Yezidism: its background, observances, and textual tradition. E. Mellen Press, 1995. ISBN 0-7734-9004-3. OCLC 31377794.