Bahrom Ro'zimuhammad
Qiyofa
Bahrom Ro‘zimuhammad — 1961-yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984)[1]. Shoirning „Tovushsiz qadam“ (1987), „Terakka yaqin yulduz“ (1989), „Ikki nur“ (1994), „Davsaman“ (1995), „Tinch gullaydigan daraxt“ (1997), „Kunduz sarhadlari“ (1999), „Soyalar suhbati“ (2006) kabi sheʼriy to‘plamlar muallifi. Tarjimon sifatida XX-asr nemis shoirlarining ijodidan namunalar tarjima qilgan. (X. M. Entsensberger va boshqa). Uning „Cho‘lpon — tong yulduzi demak“ risolasi chop etilgan. Bahrom Ro‘zimuhammad „Oʻzbek modern sheʼriyati“ kitobining tuzuvchilaridan biri.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |