Bahori ekinlar
Bahori ekinlar – bahorda ekiladigan va shu yilning oʻzida hosil beradigan bir yillik ekinlar. Bir vegetatsiya davri (bahorgi-yozgi) bilan kuzgi ekinlardan farqlanadi. Bahori ekinlarga donli, don-dukkakli, moyli, tola beradigan oʻsimliklar, bir yillik ozuqabop dukkakli oʻsimliklar, gʻalladoshlar va boshqa kiradi. Baʼzi ekinlar shartli ravishda bahorgi va kuzgi xillarga boʻlinadi, ularning orasida kech kuz va erta ba-horda eqilganda xrsil beradigan oraliqformalar –duobalari hambor. Baʼzi ikki yillik oʻsimliklar (bahorda ekilganida shu yilning oʻzida hosil beradigan oʻsimliklar) va koʻp yillik oʻsimliklar (bir yillik ekinlar tariqasida ekiladigan pomidor, tamaki singari ekinlar) ham bahori ekinlarga kiradi.
Qurgʻoqchil joylarda bahori ekinlarni yetishtirishda tuproqda namni saqlab qolishga imkon beradigan agrotexnika usullari – erta shudgorlash, qor toʻplash, ekinni optimal muddatlarda ekish va boshqa muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |