Kontent qismiga oʻtish

Bahor katari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahor katari – konyunktivitning oʻziga xos bir turi; bot-bot qoʻziydi va yillab davom etadi. Bahorda qoʻziganligi uchun „bahor katari“ deb ataladi. Asosan 6 – 20 yoshdagi oʻgʻil bolalarda uchraydi. Bunda erta bahorda quyosh nuri, koʻkat va gullar hidi taʼsirida ikkala koʻz qizaradi, achishib qichishadi, qovoqlar qirrasi shishib, yuqori qovoq bir oz salqib turadi. Surunkali kechadi. Koʻproq allergiyaga sabab boʻladi. Bahor katarini oldini olishda koʻzni kuchli yorugʻlik va changdan ehtiyot qilish; koʻzning qichishishini yoʻqotish uchun vrach buyurgan dorilarni qoʻllash tavsiya etiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil