Bahodir Mirzayev
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Mirzaev Bahodir Suyunovich — „Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti“ Milliy tadqiqot universiteti [1], texnika fanlari doktori, professor. 1968-yil 20-oktabrda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Nishon qishlogʻida tugʻilgan. 1986—1993-yillarda institut talabasi. 1993-yil „Ziyokor“ ilmiy ishlab chiqarish korxonasida ilmiy izlanuvchi, 1994—2013-yillarda TIQXMMI aspiranti, injener programmist, Zamonaviy texnika va texnologiyalar oʻquv markazi direktori, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori, Ilmiy Kengash kotibi, Suv xoʻjaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash fakulteti dekani, Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektor, Oʻquv ishlari va birinchi prorektor lavozimlarida ishlagan. 1999-yilda nomzodlik, 2015-yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 110 dan ortiq ilmiy ishlar va uslubiy qoʻllanmalar, 14 ta ixtiro muallifi. 2004-yilda Gollandiyaning Vageningen, 2012-yilda Sloveniyaning Lyublyana, 2014-yilda Germaniyaning Gissen, 2015-yilda Angliyaning Greenvich, 2016—2018-yillarda Shvetsiyaning Lund, 2017—2018-yillarda Niderlandiyaning Vageningen va 2018-yilda Turkiyaning Sakarya kabi universitetlarida kasbiy malakasini oshirgan.