Badriddin
Qiyofa
Badriddin (XIV asr) – samarqandlik binokor usta. Badriddin usta Shamsuddin va usta Zaynuddinlar bilan hamkorlikda Shohizinda ansambli (Samarqand)dagi Shodi Mulk ogʻo maqbarasini qurgan (1373). Bu haqda maqbara peshtoqining sharafasi va ustun bezagi orasiga yozilgan. Badriddin va uning hamkorlari binoning umumiy koʻrinishini nafis va jozibali qilib ishlash, bezak uslubini takomillashtirish, naqshlarini murakkablashtirish yoʻli bilan markaziy mujassamotli, bir xonali maqbaralar meʼmorligida burilish yasagan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |