Kontent qismiga oʻtish

Badouniy Abdulqodir ibn Malikshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badouniy Abdulqodir ibn Malikshoh (1541—1596) — Hindistonda Akbar davri (1556— 1605)da yashagan tarixchi olim va saroy imomi. B. Akbar va bosh vazir Abulfazl Allomiy tomonidan joriy qilingan "dini ilohiy" ning muxoliflaridan boʻlgan. B. saroy tarixchisi Nizomuddin Ahmadning "Tabaqoti Akbarshohiy" asari asosida "Muntaxab uttavorix" nomli asar yozgan. Asar 3 qismdan iborat: 1- qismida Akbar davrigacha boʻlgan, 2- qismida Akbar davridagi (to 1595-yillargacha) tarixiysiyosiy voqealar bayon qilinadi, 3- qismida esa Hindistonda yashagan ulamo va fuzalolar, shoirlar haqida turli maʼlumotlar beriladi, har qaysi davr siyosatini talqin etishda tanqidiy mulohazalar yuritiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil