Aziza Niyozmetova
Aziza Niyozmetova | |
---|---|
Tavalludi |
27-yanvar 1972-yil |
Vafoti |
15-oktyabr 2018-yil (46 yoshda) |
Janrlar | |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1990–2018 |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Aziza Niyozmetova (1972-yil 27-yanvar, Xorazm viloyati, OʻzSSR, SSSR – 2018-yil 15-oktyabr Oʻzbekiston) – taniqli oʻzbek ashulachisi[1]. Professional faoliyatini 1990-yilda boshlagan[1]. „Kishmish“ nomli ilk qoʻshigʻi bilan xalq orasida tezda tanilgan. U estrada qoʻshiqlaridan tashqari, Xorazm doston va aytishuvlarini ham mahorat bilan ijro etgan[2]. Xonandalikdan tashqari tadbirkorlik bilan ham shugʻullangan[3].
Aziza Niyozmetova oilada 4 qizning toʻngʻichi boʻlgan[3]. Urganch Pedagogika bilim yurti musiqa fakultetini hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti sanʼatshunoslik fakultetini tamomlagan.
Xonandaning 6 farzandi boʻlib, ulardan 2 tasini asrab olgan[1]. Birinchi asrab olgan farzandi Dostonni uzoq qarindoshlaridan biri qiynalib qolgani uchun, ikkinchisi — Amirani chaqaloqlik paytida onasi mehribonlik uyiga topshirish niyatida ekanligini eshitib oʻz qaramogʻiga olgan. Qolgan 4 ta farzandining ismi Nilufar Nazariy, Miraziz Nazariy, Diyora va Madina. U Madinani bachadonida oʻsimta borligi aniqlanganidan keyin, doktorning maslahatiga koʻra va xastalikdan forigʻ boʻlish maqsadida 44 yoshida dunyoga keltirgan[3]. Keyinchalik Aziza Niyozmetova ichak saratoniga chalinib 2018-yil 15-oktyabrda vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Aziza Niyozmetova, 46, dies of cancer“. kun.uz (2018-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
- ↑ „Хонанда Азиза Ниёзметова оламдан ўтди“. xabar.uz (2018-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Murodova, Nargiza „Aziza Niyozmetovaga shifokorlar olti oy umri qolganini aytishgandi“. xabar.uz (2018-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.