Kontent qismiga oʻtish

Azatbek Omurbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azatbek Omurbekov
Tavalludi 17-sentyabr 1983-yil (1983-09-17) (41 yosh)
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Harbiy rahbar
Mukofotlari Rossiya Federatsiyasi Qahramoni

Azatbek Asanbekovich Omurbekov (1983-yil 17-sentyabr, Nukus, Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – rus harbiy qoʻmondoni, gvardiya polkovnigi. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni(2022). U Buchadagi qirgʻinni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 64-gvardiya motooʻqotar brigadasiga rahbarlik qilgan. Qirgʻinlarda ishtirok etganlikda gumon qilingan[1][2]. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida Buchadagi qirgʻinda ishtirok etgani uchun u Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar tomonidan xalqaro sanksiyalarga uchragan.

1983-yil 17-sentyabrda O‘zbekiston SSR Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Nukus shahrida tugʻilgan. 2000-yilda Novosibirsk viloyati Kupino shahridagi 2-sonli litseyni tamomlagan[3]. Litseydan soʻngra Chelyabinsk tank bilim yuritini tamomlagan. 2021-yil noyabr oyida u Rus pravoslav cherkovining eʼtiboriga tushgan[4][5][6].

Omurbekov keng jamoatchilikka Ukraina fuqarolik jurnalistikasi InformNapalm veb-sayti ofitserning iziga tushib, uning koʻp maʼlumotlarini eʼlon qilganidan soʻng maʼlum boʻlgan. InformNapalm xabariga koʻra, Omurbekov 40 yoshli podpolkovnik boʻlib, Bucha[7] uchun janglarda rus qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Omurbekovning bir qancha hamkasblari uning buyruqlarini tasdiqlashganref name="автоссылка1" />[8].

Internet nashrlaridan birining tergoviga koʻra, Azatbek Omurbekov jang qilishni istamagan askarlarni jangga kirishga majburlagan, ularni qatl qilish bilan qoʻrqitgan, shuningdek, brigadasining mavjud boʻlmagan muvaffaqiyatlari haqida qoʻmondonlikka yolgʻon maʼlumotlarni yetkazgan[9].

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 2022-yil 4-aprel kuni Buchaga tashrif buyurgan. Keyin u rus qoʻshinlari sodir etgani aytilayotgan harbiy jinoyatlar haqida gapirgan. Taxminlarga koʻra, Omurbekov qoʻmondonligidagi qoʻshinlar qurolsiz tinch aholini oʻldirgan, ayollar va bolalarni zoʻrlagan. Rus qoʻshinlari shaharni tark etgach, u yerda ommaviy qabrlar topilgan[10].

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2022-yildagi yopiq farmoni bilan „Harbiy burchni bajarishda koʻrsatgan jasorat va qahramonligi uchun“ unga Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni berilgan.

  1. Cole, Brendan „Who Is Azatbek Omurbekov? Commander Believed To Be Behind Bucha Killings“. Newsweek (2022-yil 6-aprel). 2022-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  2. „The "butcher of Bucha": who is the Russian lieutenant colonel Asanbekovich, accused of genocide in Ukraine“. News Euro 24 English (2022-yil 6-aprel).[sayt ishlamaydi]
  3. „Минобороны РФ рассказало о подвиге на Украине бывшего школьника из Купино“. vn.ru. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  4. „Qui est Azatbek Omurbekov, surnommé le boucher de Boutcha ?“ (fr-FR). www.rtl.fr. 2022-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  5. „'Butcher of Bucha' was blessed by the Orthodox Church before 'war crimes'“ (en). The Independent (2022-yil 6-aprel). 2022-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  6. Parker, George Grylls, Charlie. „Hunt for the ‘Butcher of Bucha’, a commander blessed by the Orthodox Church“. Qaraldi: 2023-yil 2-yanvar.
  7. „Hunt for Russian commanders in charge of Bucha atrocities as colonel named“. uk.news.yahoo.com. 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  8. „В параде Победы в Хабаровске принял участие полковник Омурбеков. Его обвиняли в приказах убивать мирных жителей в Украине“. istories.media. Qaraldi: 2023-yil 9-may.[sayt ishlamaydi]
  9. „Командир дал приказ: «В расход их»“ (ru). istories.media. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  10. Grylls, George; Parker, Charlie. „Hunt for the 'Butcher of Bucha', a commander blessed by the Orthodox Church“. The Times. 2022-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.