Aynishoh Sulton
Aynishoh Sulton | |
---|---|
Tavalludi |
nomaʼlum nomaʼlum |
Vafoti |
1512-yildan keyin Bursa, Usmoniylar davlati |
Fuqaroligi | Usmoniylar davlati |
Turmush oʻrtogʻi | Abu Nasr Ahmadxon |
Bolalari | Zayniddin |
Otasi | Boyazid II |
Onasi | Shirin xotun yoki Nigor xotun |
Aynishoh Sulton (turkcha: Aynişah Sultan[1][2]), Aynishoh xotun (turkcha: Aynışah Hatun; 1512 yildan keyin vafot etgan, Bursa[3]) – usmoniylar sultoni Boyazid IIning qizi, Sulton Salim Ining opasi. Oq qoʻyunlilar hukmdori Ahmad Goʻdakning xotini.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aynishoh Sulton hukmdor Boyazid IIning[4][1][2] qizlaridan biri boʻlgan. Entoni Alderson Aynishohning onasi Nigor xotun[4] boʻlgan deb yozsa, Chagʻatoy Uluchay va Nejet Sakaoʻgʻlu esa Aynishohning Shirin xotun maqbarasiga dafn etilganiga asoslanib, Shirinni Aynishohning onasi[2][3] deyishadi. Sakaoʻgʻlu, shuningdek, Sureyi Mehmedbeyning Sicill-i Osmani asarida sultonning qizi „Aynishoh“ deb yozilganligi qayd etsa, Alderson esa uni „Xadicha“ deb ataydi; Sakaoʻgʻluning fikricha, Boyazidning qizi aslida qoʻshaloq ismga „Xadicha Aynishoh“ ega boʻlgan[3].
Chagʻatoy Uluchayning yozishicha, 1490-yilda Aynishoh oq qoʻyunlilar sulolasidan boʻlgan shahzoda Ugʻurlu Mehmedbey va sulton Mehmed II ning qizi Gavhar xotunning[2] oʻgʻli Ahmadga turmushga chiqqan[5][6]. Sakaoʻgʻluning yozishicha, nikohlari avvalroq 1489-yilda boʻlgan[3] va dalil qilib Uluchay ham, Sakaoʻgʻlu ham Oshiqposhozoda[2][3] asariga ishora qiladilar. Ehtimol, sanalardagi chalkashliklar islom taqvimiidan Grigorian taqvimiga oʻtkazish paytida paydo boʻlgandir. Bundan tashqari, Sakaoʻgʻlu Ahmad Goʻdak (Gödek)ning usmonlilar saroyida koʻp vaqt oʻtkazib, sulton saroylarida qolib ketgani sababli toʻy bir necha yil avval boʻlib oʻtgan boʻlishi toʻgʻri ekanligini yozadi[3]. Aynishohning eri 1497-yilda oq qoʻyunlilar taxtini egallaydi, biroq uning hukmronligi qisqa boʻlgan: u kuchli markazlashgan davlat yaratishga qaratilgan islohotlarni boshlagan, biroq yetti oydan keyin feodallarga qarshi kurashda halok boʻlgan[7].
Aynishoh otasi Boyazid II va ukasi Salim I bilan xat yozishib turgan[2]. Aynishohning 1512-yildagi maktubi saqlanib qolingan boʻlib, unda u oʻgay ukasini taxtga oʻtirgani bilan tabriklaydi[3]. Bundan tashqari, Aynishoh koʻplab sulton qizlari singari xayriya ishlari bilan shugʻullangan: Istanbulning Eminonu tumanidagi Beshir ogʻa madrasasida maktabxona qurish tashabbusi bilan chiqqan[1], shuningdek, 1506-yilda xayriya jamgʻarmasiga asos solgan[2], u esa maktabxona ishini mablagʻ bilan taʼminlagan[3].
Aynishohning oʻlimining aniq sanasi va joyi nomaʼlum, ammo Nejet Sakaoʻgʻlu 1512 yildan keyin Bursada vafot etgan deb taxmin qiladi[3]. Uluchayning yozishicha, u Bursadagi Shirin xotun maqbarasiga dafn etilgan[2]; Nejet Sakaoʻgʻluning yozishicha, Aynishohning dafn etilishi haqida ikki xil versiya mavjud: Bursadagi onasining maqbarisada va Istanbuldagi maktabxonada koʻmilgan[3].
Avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aynishoh va Ahmadning farzandlari soni turli manbalarga koʻra farq qiladi. Entoni Alderson Aynishohning yagona farzandini oʻgʻli Zayniddin deb yozadi[6]. Chagʻatoy Uluchay Aynishohning ikki qizi haqida yozib, ulardan biri Yahyoposhozoda Malkochoʻgʻlu Balibeyga, ikkinchisi sulton Ahmadning oʻgʻli Alavuddin Aliga[2] turmushga chiqqanligi haqida maʼlumot beradi. Nejet Sakaoʻgʻluga koʻra, Aynishohning Yahyoposhozodaga turmushga chiqqan qizi va oʻgʻli Zayniddin bor boʻlgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Süreyya, 1 Cild 1996, s. 6.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Uluçay 2011, s. 48.
- ↑ 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Sakaoğlu 2015, s. 193.
- ↑ 4,0 4,1 Alderson 1956, table XXVIII.
- ↑ Peirce 1993, s. 304.
- ↑ 6,0 6,1 Alderson 1956, table XXVII.
- ↑ Махмудов 1991, s. 112.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Махмудов, Иагуб. Взаимоотношения государств Аккоюнлу и Сефевидов с западноевропейскими странами: II половина XV - начало XVII века. изд-во Бакинского университета, 1991.
- Alderson Anthony Dolphin. The Structure of the Ottoman Dynasty. Oxford: Clarendon Press, 1956.
- Peirce Leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire. Oxford: Oxford University Press, 1993. ISBN 0195086775, 9780195086775.
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları. İstanbul: Oğlak Yayıncılık, 2015.
- Süreyya Mehmed Bey. Sicill-i Osmani. Istanbul: Tarih Vakfi Yurt Yayınlar, 1996 — 469-bet. ISBN 975-333-049-5, 975-333-038-3.
- Uluçay M. Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Türk Tarih Kurumu, 2011.