Kontent qismiga oʻtish

Ayman Shihade

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ayman Shihade – islom olamining salohiyatli tarixchisi va London universiteti Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabining (SOAS) arab ilmiy tarixi boʻyicha professori[1].

Shihade SOASda birinchi darajali bakalavr darajasini olganidan keyin 2002-yilda Oksford universitetida aspiranturani tugatgan. 2008-yilda London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabiga kirishdan oldin Edinburg, Exeter va Glazgo universitetlarida dars bergan. Shihadega 2019-2021-yilllar mobaynida Abu-Dabidagi Nyu-York universitetida ikki yillik katta gumanitar fanlar boʻyicha tadqiqot stipendiyasi berilgan. 2012-2019-yillar orasida u Britaniya islomshunoslik assotsiatsiyasiga hamraislik qilgan, keyinchalik raislik darajasiga koʻtarilgan. Shuningdek, Islom va musulmon dunyosini oʻrganish boʻyicha BRAIS-De Gruyter mukofotini taʼsis etgan va mukofot haʼyatiga raislik qilgan[2].

  • Faxriddin ar-Roziyning teleologik axloqiy nazariyasi[3]
  • Avitsenna haqida shubhalar: Sharofiddin al-Mas’udiyning Ishorat haqidagi sharhlari va nashri[4]
  1. Center. „Ayman Shihadeh“. Berkley Center for Religion, Peace and World Affairs. Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  2. „Dr Ayman Shihadeh - Staff“. SOAS University of London (2009-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  3. Reviews of The Teleological Ethics of Fakhr Al-Dīn Al-Rāzī:
  4. Reviews of Doubts on Avicenna: A Study and Edition of Sharaf Al-Dīn Al-Masʿūdī’s Commentary on the Ishārāt: