Kontent qismiga oʻtish

Aye-aye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aye-aye, Madagaskar qoʻloyogʻi (Daubentonia madagascariensis) – qoʻloyoqlilar oilasining yagona turi, lemurlar, ya’ni chala maymunlar kenja turkumiga mansub. Koʻrinishi maymunlarga oʻxshamaydi, 1860-yilda lemurlarga yaqinligi aniqlangan. Tanasining uz. 40 sm, baroqdumi 60 sm. Juni qattiq, qoramtir kulrang yoki qora. Boshi va quloqlari katta, oyoqlari bir xil uzunlikda. Bosh barmogʻi boshqa barmoqlariga qarshi qoʻyilmagan. Faqat keyingi oyoqlaridagi bosh barmoqlar tirnogʻi yassi. Madagaskarning shimoli-sharqidagi bambuk oʻrmonlari chakalakzorlarida yakka yoki juft boʻlib yashaydi. A.-asr– tungi hayvon, kunduzi baland daraxtlarning uchidagi shoxlar orasida quruq novda va barglardan yasagan uyasida ux-laydi. Hasharotlar, qushlarning tuxumi, bambukning yosh novdalari, shakar qamish va mango mevasi bilan oziqlanadi. Tabiiy yashash muhiti buzilishi tufayli A.-asrning yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan. Hozir A.-asr uchun Kusi-Mangabe orolida qoʻriqxona tashkil etilgan. A.-asr Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotning Qizil kitobiga kiritilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil