Axmetjon Mamatov
Axmetjon Mamatov | |
---|---|
Tavalludi |
1962-yil Paxtaorol tumani, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent Moliya instituti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | iqtisod fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Axmetjon Atajanovich Mamatov (1962-yil, Paxtaorol tumani, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Axmetjon Mamatov 1962-yilda Chimkent viloyatining Paxtaorol tumani Sverdlov qishlogʻida tugʻilgan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi, siyosiy iqtisod fani oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tamomlagan[1]. Oʻzining mehnat faoliyatini 1986-yildan Sirdaryo davlat pedagogika instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi laboranti lavozimidan boshlab, 1987—1988-yillarda kafedra oʻqituvchisi, 1988—1991-yillarda Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti aspiranti, 1992—1995-yillarda Guliston davlat universiteti „Iqtisodiy nazariya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1995—1998-yillarda Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti doktoranti, 1999-yildan Guliston davlat universiteti „Menejment“ kafedrasi mudiri, 2000-yildan iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2000—2007-yillar va 2010-2017-yillarda Guliston davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2017-yildan Toshkent Moliya instituti „Iqtisodiyot“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali. 4 nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda „Valovoy doxod predpriyatiy i osobennosti vzaimootnosheniy predpriyatiy s obshestvom“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida „Shakllanayotgan bozor munosabatlari tizimida yalpi ichki mahsulot“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi[1]. 2017-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 6 ta monografiya, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta darslik, 8 ta risola, 18 ta oʻquv-uslubiy majmua, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axmetjon Mamatov Google Scholar (Wayback Machine saytida 2023-08-22 sanasida arxivlangan)